Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 8 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 432 870 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 7 mln 895 mingga yetdi. 4 mln 55 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1435455
Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 8 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 432 870 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 7 mln 895 mingga yetdi. 4 mln 55 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 117 ming 527 nafarga yetdi. 25 mayda Jorj Floydning o’limidan so’ng boshlangan irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari oqibatida koronavirusga chalinganlar sonida keskin ortish kuzatilgan. Ayni vaqtda AQSh bo’ylab virus yuqtirib olganlar soni 2 mln 142 224 nafarga yetdi.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir sutkada 181 nafar bemor virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 41 662 nafarni tashkil qilmoqda. Virus yuqtirib olganlar soni 1425 nafarga oshib, ularning umumiy soni 294 375 nafarga yetdi.

Italiya virusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda bir sutkada 78 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi. Shu bilan ularning umumiy soni 34 301 kishiga yetdi.

Ayni vaqtda so’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq yana 346ta yangi holat qayd etilgan. Mamlakatda virus yuqtirib olganlar soni 236 651 nafarga yetdi.

Biroq, koronavirus bilan jiddiy kasallanganlar soni 1512 nafarga kamayib, ularning umumiy soni 27 ming 485 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli bir sutkada 24 nafar bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 29 398 nafarni tashkil qilmoqda.

Virusga chalinganlar soni 526 nafarga oshib, ularning umumiy soni 194 218 nafarga yetdi.

Ispaniyada so’nggi bir haftada 27 bemor koronavirusdan vafot etgan. Ayni vaqtda mamlakatda virus qurbonlari soni 27 136 nafarni tashkil qilmoqda.

Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, so’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 130ta yangi holat aniqlangan bo’lib, ularning umumiy soni 243 605 nafarni tashkil qilmoqda. Shu vaqtgacha koronavirus yuqtirganlarning uchdan ikki qismi sog‘aygan.

Portugaliyada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 7 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 1512 nafarga yetdi. Koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 283ta yangi holat aniqlangan bo’lib, ularning umumiy soni 36 463 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar