AQShda Jorj Floydning o'limidan so'ng Minneapolis politsiyasi tarqatiladi

Minneapolis shahar kengashi rahbari Liza Bender ma’lum qilishicha, politsiya departamenti yopiladi, o’rniga jamoatchilik xavfsizligini ta’minlovchi yangi tizim tashkil etiladi.

1431773
AQShda Jorj Floydning o'limidan so'ng Minneapolis politsiyasi tarqatiladi

 

AQShda afroamerikalik Jorj Floydning politsiya zo‘ravonligi tufayli vafot etganidan so‘ng, mamlakatda eski xavfsizlik tizimini tubdan isloh qilishga bo’lgan talab ortdi.

Xususan, Minneapolisdagi politsiya departamentini yopish masalasi ham ko’ngdalang turibdi.

AQSh mediasida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Minneapolis shahar kengashi politsiya zo‘ravonligiga qarshi ommaviy noroziliklar, namoyishlar va ortidan yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida politsiya departamenti yopilishini ma’lum qilgan.

Minneapolis shahar kengashining bir qator a'zolari ham politsiya departamentini yopish va o’rniga jamoat xavfsizligini ta'minlovchi yangi model ishlab chiqishni taklif qilishmoqda.

Minneapolis shahar kengashi rahbari Liza Bender ma’lum qilishicha, politsiya departamenti yopiladi, o’rniga jamoatchilik xavfsizligini ta’minlovchi yangi tizim tashkil etiladi.

Mamlakat bo’ylab ommaviy norozilik namoyishlari boshlanganiga 13 kun bo‘ldi. Namoyishlarning aksariyati tinch ruhda bo’lib o’tmoqda. Shu sababli Nyu-York, Chikago va Philadelphiada joriy etilgan komendantlik soati bekor qilindi.

Nyu-York ko’chalarida to’plangan namoyishchilar “Trump Tower” oldida “Ovoz ber, Trampdan qutul!” deb hayqirishdi.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda milliy gvardiya kuchidan foydalangan holda namoyishlarni bostirish fikridan voz kechdi va ularni qaytarishga buyruq berdi.

 

Poytaxt Vashingtondagi namoyishlarga yuzlab cherkov xodimlari ham qatnashdi.

Nyu-York hokimi Bill de Blasio afroamerikalik Jorj Floydning politsiya zo’ravonligi oqibatida yuzaga kelgan fojiali o’limidan so’ng, mamlakatda avj olgan islohot talablari doirasida politsiya bo’linmalariga ajratilgan byudjet kamaytirilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, byudjetning katta qismi aholiga ijtimoiy xizmatlar uchun ajratiladi.

Shuningdek, Nyu-Yorkda politsiya bo‘limiga ajratilgan 6 milliard dollarlik byudjetdan uysizlarga, ijarada turuvchilarga yordam berilishi, qolaversa, yoshlarga oid dasturlarga yo‘naltirilishi zarurligi ham ilgari surildi.

Bundan tashqari, politsiyachilar sonini kamaytirish ham taklif qilinmoqda.

AQSh adolat vaziri Villiam Barr CBS televideniyesiga intervyu berdi.

U afroamerikaliklar mamlakat tarixiga nazar tashlanganda, nima uchun politsiyaga ishonchi yo’qligini tushunib yetganligini aytdi.

“Tariximizda bir qator tashkilotlarimiz ashaddiy irqchi edi”,-deb aytgan Villiam Barr.

1960 yillardan buyon tengsizlikka barham berish yo'lida katta islohotlar amalga oshirilganligini va bundan ijobiy natijalar olinganini aytgan Villiam Barr: “AQShda irqchilik avj olgan, biroq xavfsizlik kuchlarida sistematik irqchilik borligiga ishonmayman”,-dedi.

“Politsiya vakillarining ko’pi yaxshi, biroq ichida yomonlari ham bor”-deb qo’shimcha qiladi u.

 

Eslatish joizki, 46 yoshli qora tanli amerikalik Jorj Floyd 25 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda vafot etgandi. Oq tanli politsiyachi Derek Shovin anchagacha Floydning yuzini alfaltga bosgan holda ushlab turgan va oqibatda nafasi bo‘g‘ilgan Floyd voqea joyida jon bergandi. Uch nafar politsiyachi bu voqeani tomosha qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqchilikka qarshi keskin namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan.  


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #Jorj Floyd , #AQSh

Aloqador xabarlar