Moldovada bir kunda 21 nafar tibbiy xodimdan virus aniqlandi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 398 ming, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 6 million 867 ming.

1430540
Moldovada bir kunda 21 nafar tibbiy xodimdan virus aniqlandi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 398 ming, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 6 million 867 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 3 million 362 ming nafarni ortda qoldirdi.

Vafot etganlar soni 4 nafarga ko‘payib 82 nafarni tashkil etgan Ozarbayjonda yana 338 kishining Covid – 19 ga chalinishi bilan holatlarning umumiy soni 6 ming 860 nafarga chiqdi. Kundalik holat sonida rekord ortish kuzatilgan mamlakatda dam olish kunlari poytaxt Bokudan tashqari Sumgayit, Genje va Lenkerek shaharlarida market va dorixonalar doxil hech qaysi do‘kon ochilmaydi, xalq ko‘chaga chiqmaydi.

Covid – 19 tufayli 323 qurbon bergan Moldovada oxirgi bir kunda 21 nafari tibbiy xodim bo‘lish bilan birga 229 kishida virus aniqlandi va bu orqali mamlakatda holatning umumiy soni 9 ming 247 nafar deb qayd etildi.

Saudiya Arabistonida yangi turdagi koronavirus yuzasidan oxirgi 24 soatda 31 kishi vafot etdi, bu orqali vafot etganlarning umumiy soni 642 nafarga yetdi. Yana 2 ming 591 kishida virus aniqlanishi bilan holat soni 95 ming 748 nafarga chiqdi. Ichki Ishlar vazirligi Jidda shahrida Covid – 19 ga qarshi kurash chora va tadbirlarini bugundan e’tiboran 15 kunligiga orttirganini e’lon qildi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:00 dan 06:00 orasida kommendantlik soat yo‘lga qo‘yilishi haqida qaror qabul qilingan shaharda, jome’ masjidlarida namoz o‘qilishi, restoran va kafelardan buyurtma berilishi hozircha to‘xtatildi.

Pandemiyadan 111 kishi vafot etgan Yamanda holat soni 469 nafarga yetdi.

Covid – 19 tufayli Birlashgan Arab Amirliklarida 274, Bahraynda esa 22 kishi vafot etdi.

Afrikada vafot etganlarning umumiy soni 4 ming 942 nafarga, holat soni esa 179 ming 309, sog‘ayib ketganlar soni esa 80 ming 322 nafarga yetdi.

Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni Misrda 1 ming 166, Janubiy Afrikada 908, Jazoirda 690, Sudanda 347, Nigeriyada 333, Marokashda 208, Kamerunda 205 va Ganada 42 nafar deb qayd etildi.

Eritreya va Seyshel orollarida faol Covid – 19 holati umuman qolmas ekan shu yerlar bilan birga Uganda, Namibya va Lesothoda bugungacha o‘lim holati kuzatilmadi.

 

 



Aloqador xabarlar