Afg‘onistonda politsiya xodimlariga qarshi bombali hujum uyushtirildi

Afg‘onistonda politsiya xodimlariga qarshi bombali hujum uyushtirildi. Oqibati 11 nafar politsiya xodimining umriga zomin bo‘ldi.

1430548
Afg‘onistonda politsiya xodimlariga qarshi bombali hujum uyushtirildi

Afg‘onistonning Badahshan viloyatining Hash tumanida uyushtirilgan bombali hujumda 11 nafar politsiya xodimi vafot etdi.

Badahshan Milliy Politsiya idorasi Matbuot xizmati kotibi Sanaullah Ruhoniy, matbuotga bergan bayonotida, Hash tumanining Durhan mintaqasida yo‘l chetiga joylashtirib qo‘yilgan bombaning, politsiya xodimlarining mintaqadan o‘tar chog‘ida portlatilganligini qayd etdi.

Hujumda 11 nafar politsiya xodimining vafot etganini qayd etgan Ruhoniy, hujumdan Tolibonni mas’ul deb topdi.

Tolibon hali hanuz hech qanday bayonot bermadi.  



Aloqador xabarlar