Britaniyada 1 kunda Covid-19 tufayli 359 kishi vafot etdi

Britanya pandemiyaning epitsentriga aylandi.

1429180
Britaniyada 1 kunda Covid-19 tufayli 359 kishi vafot etdi

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi tufayli vafot etganlarning dunyodagi umumiy soni 385 ming, holat soni 6 mln 524 ming, sog‘ayib ketganlar soni 3 mln 104 ming nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiyaning Yevropadagi epitsentri hisoblangan Britaniyada Covid-19 yuzasidan oxirgi 24 soatda 359 kishi vafot etar ekan bu orqali umumiy raqam 39 ming 728, holat soni 1 ming 871 nafarga ortib 279 ming 856 nafarni tashkil etdi.

Fransiyada pandemiya yuzasidan oxirgi 24 soatda 81 kishining vafot etishi bilan o‘lim holatining umumiy soni 29 ming 21, holat soni bir kunda 253 nafarga ortgan holda 189 ming 82 nafarga chiqdi.

Ispaniya Sog‘likni Saqlash vazirligi bugungacha 27 ming 128 kishining Covid – 19 dan vafot etganini va 240 ming 326 holat aniqlanganini qayd etdi. Majlis esa yangi turdagi koronavirus pandemiyasi yuzasidan 14 – martdan e’tiboran yo‘lga qo‘yilgan favqulodda vaziyatning 21 – iyungacha uzatilishini tasdiqladi. Ispaniya, 1- iyuldan e’tiboran ba’zi mintaqalarda cheklangan miqdorda chet ellik sayyohlarni qabul qila boshlaydi.



Aloqador xabarlar