AQShda norozilik namoyishlari mamlakatning ko'plab shaharlarida davom etmoqda.

AQShda o'tgan hafta Minnesota shtatidagi politsiya zo’ravonligi natijasida qora tanli fuqaro Jorj Floyd vafot etganidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari av olishi tufayli  Vashington va Nyu-Yorkda komendantlik soati e'lon qilindi.

1427702
AQShda norozilik namoyishlari mamlakatning ko'plab shaharlarida davom etmoqda.

Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) o'tgan hafta Minnesota shtatidagi politsiya zo’ravonligi natijasida qora tanli fuqaro Jorj Floyd vafot etganidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari av olishi tufayli  Vashington va Nyu-Yorkda komendantlik soati e'lon qilindi. Floydning dafn marosimi payshanba kuni amalga oshiriladi.

Vashington  shahr hokimi Muriel Bouser, komendantlik soati bo'yicha o'tkazilgan matbuot anjumanida ko'plab ish joylari talon-toroj qilinib, ba'zilari norozilik namoyishlarida yoqib yuborilganini eslatdi.

"Namoyishchilar Konstitutsiya talablariga binoan namoyishlar uyushtirish huquqiga ega, ammo bu bilan ular bizning shahrimizni yo'q qilmasliklari kerak” deya bildirdi.

Komendantlik soati doirasi va tafsilotlari e'lon qilingan qarornoma  bilan aniqlandi. Shunga ko'ra, ma'lum joylarda ishlaydiganlar va matbuot vakillari mahalliy vaqt bilan soat 19:00dan 06:00gacha bo'lgan taqiq ta'sirlanmaydi.

Shu bilan birga, 3-noyabr kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari uchun   sandiqlarni ochish bugun Vashingtonda bo'lib o'tadigan oldindan tanlangan komendant soatlaridan ta'sirlanmaydi.

O'z navbatida Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo Nyu-York  shahar hokimi Bill de Blasio bilan norozilik namoyishini boshqarish uchun komendantlik soati qaror qilganliklarini aytishdi. Cuomo, komendantlik soati (mahalliy vaqt bilan) soat 23.00 dan seshanba soat 05.00 gacha amalga oshirilishini aytdi, ammo ular seshanba kuni kechqurun davom etadimi yoki yo'qligini hali qaror olmaganlarini aytishdilar.

Gubernator shaharda politsiyachilar sonini 4 mingdan 8 minggacha oshirishga qaror qilganliklarini bildirdi.

Nyu-Yorkda namoyishdagi tinchlik sevar  yurishlari zo'ravonlik va talon-torojga  aylanib, havo qorang ‘u bo’lishi bilan , ba'zi do'konlarning derazalari sindirilgan va do'kon vitrinadagi  buyumlar o'g'irlangan. Kechqurun Nyu-Yorkning Manxetten va Bruklin hududlarida  namoyishchilar va politsiya o'rtasida shiddatli to'qnashuvlar natijasida ko'plab odamlar yaralangan va yuzlab namoyishchilar hibsga olingan.

Kechalari ko'plab joylarda ish joylariga zarar yetkazgan namoyishchilar, shuningdek, ba'zi politsiya vositalarini yoqib yuborishgan.

Boshqa tomondan, Prezident Donald Tramp shtat gubernatorlari bilan Floyd politsiya zo'ravonligidan vafot etganidan keyin bir haftadır  davom etgan namoyishlar va zo'ravon voqealar uchun telekonferensiya o'tkazdi.

Intervyu audio yozuvlariga asoslangan Amerika matbuotining xabarlariga ko'ra, Tramp  gubernatorlarni  "sust harakat qilishda" aybladi.

"Voqealarda siz   kuchli tomon bo'lishingiz kerak, agar bo'lmasa, vaqtingizni behuda sarflamoqdasiz” deya aytgan.

Gubernatorlar namoyishchilarga nisbatan qattiqroq choralar ko'rishlari kerakligini ta'kidlagan Tramp.

"Bu bir  harakat, agar hozir nima bo'layotganini to'xtata olmasangiz, bundan ham battarroq bo'ladi."  Aytgan Tramp o’z  nutqida,

"Siz odamlarni hibsga olishingiz kerak, ularning harakatlarini  kuzatib  borishingiz  kerak, ularni 10 yilga qamashingiz kerak. Agar shunday qilsangiz, bunday vaziyat boshqa bo'lmaydi” deb ifoda etgan.

Keyinchalik matbuot anjumanini o'tkazgan Oq uy matbuot kotibi Kayley MakEeni, namoyishlar uning niyatidan yuz o'girgan va zo'ravonlikka aylanganini aytdi vakili

"Gubernatorlar Amerika jamoasini himoya qilish uchun ko'proq Milliy gvardiyachilarni harakatga keltirishi va joylashtirishi kerak." dedi.

Payshanba kuni politsiya zo'ravonligidan vafot etgan Jorj Floydning dafn marosimi haqida xabar berildi.

Minnesota gubernatori Tim Uolz matbuot anjumanida,

"Bu Minneapolis shahri uchun hamda Minnesota shtati va butun xalq uchun ko'z oldimizda  yo’q qilingan  bir hayotni sharaflash uchun muhim marosim bo'ladi” deya qayd etdi.

Shu bilan birga, uning oilasi tomonidan tayyorlangan va matbuotga e'lon qilingan maxsus otopsiyada Floyd "doimiy bosim (asfiksatsiya)" natijasida vafot etgani aniqlandi. Hisobotda Floydning bo'yniga va orqasiga bosim natijasida u kislorodsiz qolib, miyasiga qon aylanishining oldi olingan va u voqea joyida vafot etgan.

Bu orada, Floydni o'ldirgan va hibsga olingan politsiya xodimi Derek Chauvin Minnesota shtatidagi boshqa qamoqxonaga ko'chirilib, u yerda  yana  xavfsizlik shartlari bilan boshqa qamoqxonaga jo'natildi.

O'tgan hafta firibgarlikda gumon qilinib hibsga olingan Floyd, bir necha daqiqa davomida "men nafas ololmayman" deb yolvordi, chunki militsiya xodimi Chovin bo'ynini tizzasi bilan uzoq vaqt bosdi, lekin Chovin tizzasini tortmadi. Floyd kasalxonada vafot etgan edi.

Fuqarolar o'zlarining mobil telefonlari orqali yozib olgan tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan so'ng, politsiyaning mamlakatdagi qora tanlilarga nisbatan zo'ravonligi muhokama qilinib voqea avj olgan edi.

Noroziliklar mamlakatning ko'plab shaharlarida, birinchi navbatda Minneapolisda davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Namoyish , #O'ldirilishi , #Politsiya , #Jorj Floyd , #AQSh

Aloqador xabarlar