"Tolibon” harakati yetakchisi Mullo Haybatulloh Oxunzoda koronavirusdan vafot etdi

“Foreign Policy” jurnalida chop etilgan xabarga ko’ra, Tolibon bilan aloqador manbalar Mullo Haybatulloh Oxunzodaning COVID-19 virusini yuqtirib olganligini va davolanish jarayonida vafot etganligini bildirdi.

1428111
"Tolibon” harakati yetakchisi Mullo Haybatulloh Oxunzoda koronavirusdan vafot etdi

 

Ta'kidlanishicha, Afg’onistonda “Tolibon” harakati yetakchisi Mullo Haybatulloh Oxunzoda koronavirusdan vafot etgan.

“Foreign Policy” jurnalida chop etilgan xabarga ko’ra, Tolibon bilan aloqador manbalar Mullo Haybatulloh Oxunzodaning COVID-19 virusini yuqtirib olganligini va davolanish jarayonida vafot etganligini bildirdi.

“Tolibon” harakatining yuqori mulozimlaridan biri Ali Jon Ahmad “Foreign Policy” jurnaliga bergan intervyusida esa, Mullo Haybatulloh Oxunzoda virus bilan kasallanganligini, biroq uning ahvoli yaxshi ekanligini, davolanayotganligini ma’lum qilgandi.

“Tolibon” harakati bu xususda aniq izoh bildirmadi.

Iddaolarga ko’ra, hozircha “Tolibon” harakatiga asos solgan Mullo Umarning o’g’li Mullo Yoqub vaqtinchalik Oxunzodaning o’rniga tayinlangan.

Mullo Yoqub may oyida harakatning harbiy ishlar bo’yicha yetakchisi sifatida tayinlanganligi ilgari surilgandi.

“Tolibon” harakatining shariat sudiga rahbarlik qilgan Oxunzoda harakatning avvalgi yetakchisi Mullo Mansurning 2016 yil may oyida Pokistonda dron vositasida o’ldirilishi ortidan harakat boshqaruvini qo’lga olgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar