Isroil tomonidan Quddus gubernatori Adnan G’ays hibsga oldi.

Isroil politsiyasi yodga olish marosimini davom ettirishga ruxsat bermay  Gubernatori G’ays va uning to'rt nafar faolini Isroil jamoat xavfsizligi vaziri Amir Ohananing ko'rsatmasi bilan hibsga oldi.

1426950
Isroil tomonidan Quddus  gubernatori  Adnan G’ays hibsga oldi.

Isroil politsiyasi, Falastin ma'muriyati qoshidagi Quddus  gubernatori  Adnan G’aysni va unga hamroh bo'lgan ba'zi faollarni  hibsga oldi.Guvohlarning so'zlariga ko'ra, Quddus gubernatori Adnan G’ays va u bilan birga bo'lganlar Falastin ozodlik tashkilotining (FOT) bosib olingan Sharqiy Quddusdagi sobiq bosh qarorgohi oldida, FOT a'zosi Faysal al-Husayni vafotining 19 yilligi munosabati bilan marosim o'tkazdilar.

Isroil politsiyasi yodga olish marosimini davom ettirishga ruxsat bermay  Gubernatori G’ays va uning to'rt nafar faolini Isroil jamoat xavfsizligi vaziri Amir Ohananing ko'rsatmasi bilan hibsga oldi.

 Hibsga olinganlar orasida "Fath" harakati, Quddus mintaqaviy xodimi Adil Abu Zunayd va Quddus asirlari jamiyatining Raisi  Nosir Kavs ham bor.

Isroil kuchlari 3 yil davomida Quddus gubernatori bo'lib ishlagan G’aysni shu vaqtgacha 17 marta hibsga olishdi.

Falastin Asir jamiyatining ma'lumotlariga ko'ra, Isroil qo'shinlari 2020 yil boshidan beri bosib olingan Sharqiy Quddusda 750 Falastinlikni qo'lga olgan.



Aloqador xabarlar