AQSh Crew Dragon kosmik kemasini kosmosga uchirdi

Bu voqea kecha 30 mayda, Turkiya vaqti bilan soat 22:22da Floridadagi Kennedi kosmik stansiyasidan amalga oshirildi.

1426557
AQSh Crew Dragon kosmik kemasini kosmosga uchirdi

 

AQShda SpaceX kompaniyasi Crew Dragon kosmik kemasini kosmosga uchirdi. 

Bu voqea kecha 30 mayda, Turkiya vaqti bilan soat 22:22da Floridadagi Kennedi kosmik stansiyasidan amalga oshirildi.

Crew Dragon kosmik kemasi Falcon 9 tashuvchi raketasidan ajralib, orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi.

SpaceX kompaniyasi Crew Dragon kosmik kemasida ikki fazogirni uchirdi. Ular Daglas Xarli va Robert Benken ismli astronavtlar.

Crew Dragon kemasini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqan Falcon 9 raketasi Atlantika okeanidagi “Of Course I Still Love You” platformasiga qaytib kelib qo‘ndi.

Shu paytgacha AQSh astronavtlari kosmosga Rossiyaning "Soyuz" kemasida uchayotgandi. Buning evaziga har safar Rossiyaga bir o’rin boshiga taxminan 85 mln dollar mablag’ to’layotgandi. Endilikda AQSh uchun ushbu harajatdan qutulish yo’li ochildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #SpaceX kompaniyasi , #AQSh , #Crew Dragon

Aloqador xabarlar