JSST, Covid - 19 ga qarshi kurash asosida C - TAP tashkil etmoqchi

JSST, Covid - 19 ga qarshi kurash asosida C - TAP tashkil etmoqchi. Mazkur loyiha hozircha dunyoning 37 ta davlati tomonidan qo‘llab - quvvatlanmoqda.

1426261
JSST, Covid - 19 ga qarshi kurash asosida C - TAP tashkil etmoqchi

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti (JSST) va dunyoning 37 ta davlati, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash asosida vaktsina, test, davolash va boshqa tibbiy texnologiyalarning butun dunyo erisha oladigan ravishda ochiq bo‘lishini xohlaydi. Shu doirada “Covid – 19 Texnologiyaga erishish hovuzi (C - TAP) tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus, Shveytsariyaning Jeneva shahridagi JSST markazida videomuloqat yo‘li orqaki matbuot anjumani uyushtirdi. Unda Covid – 19 tashhis, davolash va online vositalariga hammaning erisha olishi kerakligini qayd etdi.

Ghebreyesus, virusga qarshi ilm - fan taqdim etgan imkonlardan hammaning hamjihatlik ichida mushtarak ravishda foydala olishi kerakligini ta’kidladi.

Shu bois ular boshlatgan yangi tashabbus orqali pandemiya haqidagi ilmiy ma’lumot va manbaalarning mushtarak hovuzda bir xil ravishda bo‘lishilishi rejalashtirilganini yetkazdi.

Tashabbusga yetakchilik qilgan Kosta - Rika Davlat rahbari Karlos Alvarado Quesada esa,

“Covid – 19 Texnologiyaga erishish hovuzi (C - TAP) hammaning eng yangi va eng foydali ilmdan foydalanishini ta’minlaydi. Vaktsina, testlar, tashhislar, davolash va boshqa texnologiya vositalari jamoat manbaasi sifatida hamma uchun ochiq bo‘lishi kerak” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashabbusga Xitoy, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh kabi G – 20 tarkibidagi davlatlar hali hanuz ishtirok etmas ekan Argentina, Bangladesh, Barbados, Belgiya, Beliz, Braziliya, Butan, Chili, Kosta - Rika, Dominik Respublikasi, El Salvador, Ekvador, Misr, Gonduras, Indoneziya, Livan, Lyuksemburg, Malayziya, Maldiv orollari, Meksika, Mo'g'uliston, Mozambik, Norvegiya, Ummon. Pokiston, Palau, Panama, Peru, Portugaliya, Sent - Vinsent va Grenadin, Janubiy Afrika Respublikasi, Sudan, Niderlandiya, Sharqiy Timor, Urugvay va Zimbabve kabi davlatlar qo‘l qo‘ydi.



Aloqador xabarlar