Rossiyada vertolyotning halokatga uchrashi natijasida 4 kishi vafot etdi
Rossiyaning sharqidagi Chukota mintaqasida “MI – 8” rusumidagi harbiy vertolyotning halokatga uchrashi natijasida 4 kishi vafot etdi.

Rossiyaning sharqidagi Chukota mintaqasida “MI – 8” rusumidagi harbiy vertolyotning halokatga uchrashi natijasida 4 kishi vafot etdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, “MI – 8” rusumidagi harbiy vertolyot Cukotka mintaqasidagi Ugolniye Kopi aeroporti yaqinlarida halokatga uchragan. Qayd etilishicha vartolyot o‘quv mashg‘uloti amalga oshirayotgan edi.
Rus TASS axborot agentligiga intervyu bergan rasmiylardan biri, vertolyotdagi 4 kishilik ekipajning halokatda vafot etganini va vertolyotning yerga qonishi ortidan olovlanganini ma’lum qildi.
Halokatga texnik nosozlikning yo‘l ochgani tahmin etilmoqda.
O‘tgan hafta, poytaxt Moskvada ham “MI – 8” rusumidagi harbiy vertolyot qonish paytida halokatga uchrab, 3 kishi vafot etgandi.
Aloqador xabarlar

Afg‘onistonda yuz bergan ko‘chki, 14 kishining umriga zomin bo‘ldi
Afg‘onistonning shimoliy - sharqida joylashgan Badahshon viloyatida ko‘chki sodir k bo‘ldi.