Koronavirus bo‘yicha sharq davlatlaridagi yangi holat

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 328 ming nafarga yetdi.

1420988
Koronavirus bo‘yicha sharq davlatlaridagi yangi holat

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 328 ming nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar 5 million, sog‘ayib ketganlar soni esa 2 million nafarni ortda qoldirdi.

Quvaytda Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni 124 nafarga, holat soni esa 17 ming 568 nafarga chiqdi.

Qatarda vafot etganlar soni 16, holat soni esa 37 ming 97 nafar deb qayd etildi.

Koronavirus 28 kishining umriga zomin bo‘lgan Ummonda yana 372 kishi o‘ziga virus yuqtirib oldi. Bu orqali koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6 ming 43 nafarni tashkil etdi.

Bahraynda koronavirusdan 12 kishi vafot etar ekan holat soni 7 ming 843 nafarga yetdi.

Livanda 961 kishi, G‘azo sektorida esa 30 holat aniqlandi.



Aloqador xabarlar