Koronavirus bo‘yicha sharq davlatlaridagi oxirgi vaziyat

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 325 ming 500 nafardan oshdi.

1420630
Koronavirus bo‘yicha sharq davlatlaridagi oxirgi vaziyat

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 325 ming 500 nafardan oshdi. Virus yuqtirib olganlar 5 million 16 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 1 million 979 ming 600 nafarni ortda qoldirdi.

Eronda oxirgi 24 soatda yana 64 kishi yangi turdagi koronavirusdan vafot etdi. Bu orqali koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni mamlakatda 7000 nafardan oshdi; holat soni esa 126 ming 949 nafarga yetdi.

G‘arbiy Afrikadagi Nigeriyada, koronavirus tufayli 192 kishi vafot etar ekan, holatlar soni esa 6 mingdan oshdi.

Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining (Afrika CDC) so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra Covid - 19 dan vafot etganlar soni 2 ming 912 nafraga, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 91 ming 598 kishiga yetgan. Bugungacha 35 ming 808 kishi sog‘ayib ketgan.

Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni Misrda 659, Jazoirda 561, Janubiy Afrikada 312, Marokashda 194, Kamerunda 140, Quvaytda 124, Ummonda 28, Qatarda 16, Bahraynda 12 nafarni tashkil etdi.

Jazoir hukumati Covid - 19 tadbirlari doirasida Ramazonning dastlabki ikki kunida (24-25 may) 18 soatlik komendantlik soati joriy qilinishini e’lon qildi. Shahar va shaharlararo sayohat ham to‘xtatiladi.

Sudandagi qurbonlar soni 111 nafaga, holat soni esa 2 ming 728 nafarga ko‘paydi.

Livanda koronavirusdan 26 kishi hayotdan ko‘z yumdi va holatlar soni 954 nafarni tashkil etdi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilgan chora va tadbirlar 7 - iyungacha uzaytirildi. Hukumat, pandemiyaga qarshi kurash doirasida 15 - mart kuni e’lon qilgan safarbarlik doirasida transport va oziq - ovqat kabi asosiy ehtiyojlarni qondiradigan ba’zi korxonalardan tashqari xususiy va davlat muassasalarini yopishga qaror qildi.

Roppa – rosa 278 kishi vafot etgan va holatlar soni 16 ming 659 nafaraga yetgan Isroilda Bosh vazir Binyamin Netanyahu Covid - 19 tufayli mart oyi oxiridan beri bekitila boshlagan mamlakatdagi barcha ibodatxonalarning bugundan boshlab qayta ochilishini ma’lum qildi.

Xitoyda koronavirusdan 4 ming 634 kishi vafot etdi. So‘nggi 24 soat ichida 5 nafar Covid - 19 holati ko‘rildi. Gonkong maxsus ma’muriy tumanidagi ba’zi maktablar takror ochildi.

So‘nggi 24 soat ichida Janubiy Koreyada yangi 32 ta Covid – 19 holati kuzatildi. Bu orqali mamlakatda o‘ziga virus yuqtirib olganlarning umumiy soni 11 ming 110 nafarga yetdi. Bu vaziyat mamlakatda “11 - maydan beri sodir bo‘lgan kundalik eng yuqori o‘sish” deb qayd etildi. 263 kishi vafot etgan mamlakatda so‘nggi bir necha oy davomida xizmat bermagan maktablar asta - sekin ochila boshladi.

Indoneziyada hayotdan ko‘z yumganlar soni bugungi 21 kishi bilan 1 ming 242 nafarga chiqdi. Oxirgi 24 soatda yana 693 kishida Covid – 19 holati aniqlanar ekan bu orqali ularning umumiy soni 19 ming 189 nafarga yetdi.

Rossiyada bir kunda Covid - 19 dan vafot etganlar soni 2 ming 972 nafarga, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 308 ming 705 nafarga yetdi. Bosh vazir Mixail Mishustin so‘nggi 3 kun ichida virus yuqtirganlar sonida kamayish kuzatilganini eslatib o‘tgan holda, “Bugun birinchi marotaba sog‘ayib ketganlar soni kundalik holat sonidan yana da ko‘proq bo‘ldi. Bu, vaziyat asta - sekin yaxshilanayotganidan dalolat beradi” dedi. Federal Turizm Agentligi (Rosturizm) raisi Zarina Doguzova 1 - iyundan boshlab turizm sohasidagi ba’zi cheklovlarning bekor qilinishini bildirdi.

3 ming 303 kishi vafot etgan Hindistonda oxirgi 24 soatda 5 ming 611 kishida Covid - 19 aniqlanar ekan bu orqali holat soni 106 ming 750 nafarga yetdi. Bu vaziyat, mamlakatda birinchi marta virus aniqlangan 30 - yanvardan beri qayd etilgan “kunlik eng yuqori darajadagi o‘sish” desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Pokistonda pandemiya tufayli 985 kishi vafot etdi. Covid – 19 kasalligiga chalinganlar soni oxirgi 24 soatda 1 ming 931 kishiga ko‘payib, 45 ming 897 kishiga yetdi.

Ukrainada Covid - 19dan vafot etganlar soni 564, holatlar soni esa 19 ming 230 nafarga yetdi. Ukraina qurolli kuchlarida bugungacha 2 kishi halok bo‘lar ekan yana 45 kishida  Covid - 19 holati aniqlandi. Roppa – rosa 82 kishi sog‘ayib ketgan mamlakatda 143 kishi karantinga olingan.

35 kishi vafot etgan Qozog‘istonda holatlar soni 6 ming 969 nafarga yetdi. Poytaxt Nur Sulton shahrida karantin tadbirlari davom etayotgan bir paytda, savdo markazlari va hammomlar sanitariya qoidalari asosida qayta ochildi.

Armanistonda vafot etganlar soni 67 nafarga, holatlar soni esa 5 ming 271 nafarga yetdi.

Qirg‘izistonda Covid - 19 tufayli 14 kishi halok bo‘ldi, holatlar soni esa 1 ming 280 nafarni tashkil qildi. Aholi, oila, ro‘yxatga olish va fuqarolikni rasmiylashtirish idoralari; savdo markazlari, kiyim - kechak, poyabzal, mebel do‘konlari, hayvon bozorlari va sogvlikni saqlash markazlari ertaga ishlay boshlaydi.

Gruziyada koronavirusdan 12 kishi vafot etar ekan holat soni 716 nafarga yetdi.

Tojikistonda virus tufayli shu paytgacha 41 kishi vafot etdi, 1 ming 936 kishida esa koronavirus holati aniqlandi. Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan 213 fuqarosining evakuatsiya qilinganligini va u yerda vafot etgan 28 fuqaroning jasadining ham mamlakatga olib kelinganini ma’lum qildi.

Covid – 19 dan Moldovada vafot etganlar soni 224 nafarga, holatlar soni esa 6 ming 340 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar