AQSh: "Oxirgi 20 yilda Xitoydan 5 ta pandemiya chiqdi."

AQSh, oxirgi 20 yilda Xitoydan 5 ta pandemiya chiqqanligi va ularning hammasining butun dunyoga salbiy ta'sir ko‘rsatganini eslatib o'tgan holda Covid - 19 masalasida ham Xitoyni ayblamoqda.

1416171
AQSh: "Oxirgi 20 yilda Xitoydan 5 ta pandemiya chiqdi."

Amerika Qo'shma Shtatlarida Oq saroyning Milliy xavfsizlik maslahatchisj Robert O'Brien, "Yangi turdagi koronavirusning mutlaqo Uxandagi labaratoriyalardan biridan chiqqan bo'lish ehtimoli bir" dedi.

O'Brien Oq saroyda jurnalistlar savoliga javob berdi.

Xitoyga qarshi Covid-19 masalasida qachon sud ishi qo'zg'atmoqchi ekanliklari haqida hozircha biron nima deyolmasliklarini ta'kidlagan O'Brien,

"Virusning mutlaqo Uxandagi tirik hayvon bozoridan chiqqani aytilmoqda. Ikkala vaziyatda ham bu xitoyliklar uchun yaxshi emas. Xitoydagi tirik hayvon bozorida hayvonlarga azob berilmoqda. Bular haqidagi videolavhalarni tomosha qilgudek bo'lsangiz ularning qanchalik dahshatli ekanligiga guvoh bo'lasiz." deya gapirdi.

Virusning labaratoriyada ishlab chiqarilganligi haqida qo'lida qanaqadir dalil bor yoki yo'qligi haqidagi savolga javob bergan O'Brien, 

"Virusning Uxandan kelganini bilamiz" dedi. O'Brienning qayd etishicha, oxirgi 20 yilda Xitoydan chiqqan 5 ta pandemiyaning butun dunyoga salbiy ta'sir ko'rsatganini o‘z soziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Robert O'Brien , #Covid-19 , #koronavirus

Aloqador xabarlar