Tolibon Afg'oniston shimolidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

Hujum oqibatida 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgan, 7 nafari asirga olingan.

1414355
Tolibon Afg'oniston shimolidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

 

 

Afg'oniston shimolidagi Balh viloyatida Tolibon jangarilari politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi.

Hujum oqibatida 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

Balh viloyati Xavfsizlik boshqarmasi xodimi Odilshox Odil ma'lum qilishicha, jangarilar Balh viloyati Bobo Yusuf tumanidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qilgan.

Uning ta'kidlashicha, hujumda 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgan, 7 nafari asirga olingan.

Hujum vaqtida politsiya nazorat uchastkasi binosi toliblar tomonidan ishg'ol qilingan. Hududga qo'shimcha harbiy kuch safarbar etilishi bilan bino jangarilardan qutqarilgan. Otishmalar vaqtida Tolibon ham katta yo'qotishga uchragan.

Tolibon harakati hozircha voqea haqida biron izoh bildirmagan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Balh , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar