AQShda koronavirusdan oxirgi 24 soatda 2 ming 181 kishi vafot etdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan vafot etganlar soni kundan - kunga ortib bormoqda.

1413173
AQShda koronavirusdan oxirgi 24 soatda 2 ming 181 kishi vafot etdi
koronavirus1.jpg
koronavirus.jpg

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan vafot etganlarning umumiy soni 271 ming 400 nafardan oshdi. Virus yuqtirib olganlar 3 million 939 ming 550, sog‘ayib ketganlar soni esa 1 million 355 ming 780 nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiya markazi Amerika Qoshma Shtatlarida (AQSh) Covid – 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 2 ming 181 nafarga ko‘paygan holda 76 ming 998 nafarga yetdi. Prezident Donald Trump bilan yaqin aloqada bo‘lgan yordamchilaridan birining Covid - 19 testi ijobiy natija berdi. Oq uy vakili Hogan Gidley tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra prezident Trump va vitse - prezident Mike Pens ham testdan o‘tgan va undan salbiy natija olgan. Trump o‘zini va Pensning bir haftada bir emas har kuni testdan o‘tishini bildirdi. Shu bilan birga Mudofaa vazirligi (Pentagon), koronavirusdan davolanayotganlarning harbiy qismga olinishini to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan. Vazirlik tomonidan bu haqida berilgan bayonotda, Covid – 19 kasalligidan butunlay sog‘ayib ketishlikning hali hanuz noma’lum ekanligi, shu bois ham davolanayotganlarning harbiy qismga olinish jarayonining butunlay to‘xtatilishi qayd etildi.   

Pandemiyaning Yevropadagi markazi hisoblangan Britaniyada Covid – 19 tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 649 nafarga ko‘paygan holda 30 ming 76 nafarga, holat soni esa 6 ming 111 nafarga ko‘paygan holda 201 ming 101 nafarga yetdi.

Italiyada Covid – 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 274 nafarga ortgan holda 29 ming 958 nafarni tashkil etdi.

Ispaniyada Covid – 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 229 nafarga ortgan holda 26 ming 299 nafarni tashkil etdi.

Fransiyada Covid – 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 178 nafarga ortdi. Bu orqali virusdan vafot etganlarning umumiy soni mamlakatda 25 ming 987 nafarni tashkil etdi. O‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 746 nafarga ko‘paygan holda 209 ming 444 nafarga chiqdi. Shuningdek, Komlar shahridagi Albert Shveytser kasalxonasi tomonidan berilgan bayonotda, birinchi Covid – 19 holatlariga 16 – noyabrda duch kelingan bo‘lishi mumkinligini ilgari surildi. Unda, ko‘krak qismidan MR ga tushgan kishilarda Covid – 19 dan shubha qilingani va ularning testdan o‘tkazilishi qayd etildi.  Bosh vazir Edouard Filipp pandemiyaga qarshi kurashish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan qoidalarning 11 – maydan e’tiboran bosqichma – bosqich yengillashtirila boshlashini ma’lum qildi. Mamlakatning yirik qismida pandemiyaning pasayganligini ammo poytaxt Parijda vaziyat yaxshi emasligini ifoda etgan Filipp, pandemiyandagi oxirgi vaziyat va unga qarshi olingan chora va tadbirlarning 2 - iyun kuni qayta ko‘rib chiqishlarini aytdi.

Bugungacha 8 ming 521 kishi vafot etgan Belgiyada oxirgi 24 soat ichida holat soni 591 nafarga ko‘payib uning umumiy soni 52 ming 11 nafarga yetdi. Mamlakatda 18 - may kuni bosqichma - bosqich maktablarning ochilishi rejalashtirilar ekan, to‘y – tomosha, janoza marosimlariga ma’lum shartlar ostida ruxsat beriladi. Pandemiyaning vaziyatiga ko‘ra 8 - iyun kuni uchinchi bosqichga o‘tishini ko‘zlagan hukumat ushbu bosqichda restoran va kafelarni ochishni rejalashtirmoqda. Ammo festivallar va ommaviy tadbirlar 31 - avgustgacha taqiqlanadi. Sport musobaqalari ham 31 - iyulgacha o‘tkazilmaydi.

Daniyada Covid – 19 dan 514 kishi vafot etdi, 10 ming 83 kishida esa virus aniqlandi. Mamlakatda odatdagi hayot sharoitiga o‘tishning ikkinchi jarayoni 11 – maydan e’tiboran boshlaydi.

Ba’zi Yevropa mamlakatlarida vafot etgan va o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni quyidagicha:

Gollandiya 5 ming 359/42 ming 93, Avstriya 614/15 ming 705, Chexiya 270/8 ming 31, Serbiya 206/9 ming 848, Bosniya va Gertsegovina 98/2 ming 70, Slovakiya 26 / 1 ming 455, Chernogoriya 8/324.

Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison koronavirus tarqalishining oldini olish uchun yo‘lga qo‘yilgan taqiq va cheklovlarning uch bosqichli rejalar asosida yengillashtirilishini ma’lum qildi. Morrison iyul oyi oxirigacha ishxonalarning takror ochilishi, katta yig‘ilishlar va shtatlararo safarlarga chiqilishi imkonlari tug‘ilishi mumkinligini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Covid – 19 pandemiyasidan vafot etganlar soni Janubiy Amerika mamlakatlaridan Braziliyada 9 ming 146, Ekvadorda 1 ming 665 va Peruda 627 kishiga yetdi.

Meksikada koronavirus tufayli vafot etganlar soni so‘nggi 24 soat ichida 257 nafarga ko‘payib, 2 ming 961 nafarni tashkil etdi. Kasallikka chalinganlar soni esa 982 nafarga o‘sib 29 ming 616 nafar deb qayd etildi.



Aloqador xabarlar