Koronavirusni “Xitoy virusi” deb atab kelayotgan Tramp bu fikridan qaytdi

“AQSh razvedka idoralari xulosalaridan ko’rib turganimizdek, Xitoyda juda yomon hodisalar bo’ldi. Buni tan olaylik. Xitoy buni sun'iy tarzda qastdan tarqatmadi. Biroq, qanday bo’lmasin u yerdan tarqaldi”,-dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

1411678
Koronavirusni “Xitoy virusi” deb atab kelayotgan Tramp bu fikridan qaytdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp shu kungacha koronavirus tarqalish o’chog’i bo’lgan Xitoyni butun dunyoga virus tarqatganlikda ayblab keladi.

Xatto, koronavirusni “Xitoy virusi” deb atab kelayotgandi. Xitoy esa, koronavirusning sun'iy tarzda tarqatilgani haqidagi ayblovlarni qat’iyan rad etayotgandi.

Tramp oxirgi kunlarda Xitoyning ushbu virusni kastdan tarqatmaganligini ma’lum qilmoqda.

AQSh prezidenti Nyu-York Post gazetasiga bergan intervyusida COVID-19 epidemiyasining global pandemiyaga aylanishiga Xitoy aybdorligini bildirib, “AQSh razvedka idoralari xulosalaridan ko’rib turganimizdek, Xitoyda juda yomon hodisalar bo’ldi. Buni tan olaylik. Xitoy buni sun'iy tarzda qastdan tarqatmadi. Biroq, qanday bo’lmasin u yerdan tarqaldi”,-dedi.

Avvalgi intervyularida koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi virusologiya laboratoriyalarida sun’iy tarzda tarqatilganligi to’g’risida dalillar mavjudligini aytgan Tramp bu safar fikrini o’zgartirdi.

“Virus Uxanda paydo bo’ldi, biroq u yer laboratoriya bo’lmasligi mumkin. Ammo, virusning avj olib, butun dunyoga tarqalishini to’xtatib qolish kerak edi”,-deb aytgan Donald Tramp.

Intervyu vaqtida jurnalist Trampga “Xitoy bilan avj olayotgan taranglik harbiy urushga aylanib ketishi mumkinmi?” degan savol berdi.

“Urush haqida gapirishni xohlamayman. Bu juda yomon narsa. Xabaringiz bor, Xitoy bilan bir necha oy avval savdo shartnomasini imzoladik. Shartnoma tuzish jarayonida ikki davlat munosabatlarining istiqboli haqida yaxshi niyat bor edi. Keyin bu virus paydo bo’ldi”,-deb javob berdi AQSh prezidenti.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #koronavirus , #Xitoy virusi , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar