Pompeo, Kovid-19 Vuxandagi laboratoriyadan chiqib ketayotganiga oid dalillar bor dedi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) davlat kotibi Mayk Pompeo yangi koronavirus (Kovid-19) Xitoyning Vuxan shahridagi laboratoriyadan chiqib ketayotganiga oid ko'plab dalillar mavjudligini iddao etmoqda.

1410143

Amerikaning ABC News telekanalining mehmoni bo'lgan Pompeo Kovid-19ning tarqalishi bilan bog'liq savollarga javob berdi.

Pompeoning so'zlariga ko'ra, Xitoy hukumati xalqaro agentliklarda ishlaydigan jurnalistlarni mamlakatdan tashqariga chiqarib  va ogohlantirish bergan Xitoylik shifokorlarning ovozini o'chirish bilan  virusni Vuxanda  saqlashga harakat qilganini  va bu butun dunyo bo'ylab yuz minglab odamlarga ta'sir ko'rsatdi deya qayd etdi.

Pompeo, Xitoy ma'muriyatining ushbu tashabbusi haqida aniq  dalillar borligini ta'kidlab,

"Prezident Donald Tramp bu borada juda aniq. Biz aniqlagan paytda aybdorlardan javobgarlikni talab qilamiz” deb aytgan edi.

Pompeo

"Xitoy,  dunyoni standartlardan past laboratoriyalar bilan infeksiyaga yuqtirish tarixi bor. Biz Xitoy laboratoriyasidagi muvaffaqiyatsizligi natijasida sifatida birinchi marta viruslarga duch kelmayapmiz. Razvedka idoralari bu borada ishlashni davom ettirishi kerak, ammo sizga (Kovid-19) Vuxandagi laboratoriyadan chiqqaniga doir  juda ko'p sonda dalillar bor deb ayta olaman” deya qayd etdi.

Tanlangan kalimalar: #Chiqqan , #Laboratoriya , #Vuxan , #Kovid-19 , #Mayk Pompeo

Aloqador xabarlar