Dunyoda Kovid-19 tufayli hayotdan ko'z yumganlarning umumiy soni 248 ming kishiga yetdi.

Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli  dunyoda hayotdan ko'z  yumganlar soni  248 mingdan oshdi, 3 million 567 ming kishi  virusga chalindi va  sog’ayib ketgan  soni bir million 157 ming  kishini oshdi.

1410071
Dunyoda Kovid-19 tufayli hayotdan ko'z yumganlarning umumiy soni 248 ming kishiga yetdi.

Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli  dunyoda hayotdan ko'z  yumganlar soni  248 mingdan oshdi, 3 million 567 ming kishi  virusga chalindi va  sog’ayib ketgan  soni bir million 157 ming  kishini oshdi.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp, mamlakatda Kovid-19 avj olgani sababli, qurbonlar 80dan 90 minggacha yetishi mumkinligini aytdi. Virusga qarshi vaktsinalar bo'yicha olib borilgan izlanishlarga to'xtalib, Tramp kerakli vaktsina ustida qattiq ish olib borilganligini va 2020 yil oxirigacha tayyor bo'lishini aytdi. Boshqa tomondan, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS), Xitoy ma'muriyati tibbiy zaxiralarni yaratish uchun Kovid-19 avj olganligini va Vuxandagi yuqumli kasallikni ataylab yashirgan deya ta'kidlaydi.

Italiyada epidemiya tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni bir kunda 174 nafar ko'payib, 28844 kishini tashkil qildi.Mamlakatda faol koronavirus virusga chalinganlar soni 100 ming 179 gacha kamaygan bo'lsa-da, bugungacha Kovid-19  infeksiyani yuqtirib olganlarning umumiy soni 210 ming 717  kishini tashkil etdi. Kecha tuzalib ketganlar soni 1740  nafar ko’payib  oshdi va 81 ming 654 kishiga yetdi.

Fransiyada, epidemiya sababli, bir kun ichida halok bo'lganlar soni 135 kishiga ko'payib, 24 ming 895 kishiga yetdi. Mamlakatda 25 815 kishi davolanmoqda ularning 3 ming 819 nafari reanimatsiyada.

Buyuk Britaniyada Kovid-19 tufayli vafot etganlar soni so'nggi 24 soat ichida 315 nafarga  ko'payib, 28 446 kishiga yetdi.

Islandiyada Kovid-19da 10 kishi halok bo'ldi, 1799  kishida virus aniqlandi. 6 haftalik tanaffusdan keyin mamlakatda o'rta maktablar, universitetlar, sartaroshxonalar, stomatologlar va boshqa ish joylari qayta ochilmoqda.

Ispaniyada Kovid-19 avjidan vafot etganlar soni so'nggi 24 soat ichida 164 nafarga  ko'payib, 164 258 kishiga yetdi.

Virus tufayli vafot etganlar soni 7 ming 924 kishiga, virusga chalinganlar soni esa 50 ming 267 nafarga yetgan Belgiyada epidemiya doirasida amalga oshirilgan "qisman izolyatsiya" bugundan boshlab yumshatilgan. Ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilingan holda, velosipedda yoki uch kishigacha bo'lgan guruhda yurish sharti bilan ba'zi ish joylari ochilishiga ruxsat beriladi.

Germaniyada Kovid-19 avjiga qarshi kurash doirasida 23 mart kuni yopilgan sartaroshxonalar mijozlarga yana eshiklarni ochishdi.

Bolqon davlatlari asta-sekin kovid-19 choralarini bekor qilmoqdalar.

Albaniyada ba'zi magazinlar ochildi.

Shimoliy Makedoniyada komendantlik soati qisqartirildi. Endilikda komendantlik soati dushanbadan payshanbaga qadar soat 19:00 dan 05:00 gacha va juma kunidan dushanbagacha soat 14:00 dan 05:00 gacha amalga oshiriladi.

Albaniyada to'qimachilik, poyabzal va telefon do'konlari qaytadan  ochilar ekan taksilarning  ham  ishlashga ruxsat berildi.

Kosovoda qurilish, ko'chmas mulk, transport vositalari savdosi, ba'zi chakana savdo do'konlari, shaxsiy buyumlar va mebel ta'mirlash ustaxonalari va maslahat idoralari yana ish boshladi.

Sloveniyada masjidlar ibodat uchun qaytadan ochildi.

Xorvatiyada xususiy tibbiyot markazlari, sartaroshxonalar va go'zallik zallari  yana o'z eshiklarini ochdilar.

Bosniya va Gersegovina Federatsiyasida ba'zi chakana do'konlar va sartaroshlar yana ishlay boshladilar.

Serbiyadagi kafe va restoranlar  ijtimoiy masofa va gigiena qoidalariga rioya qilish sharti bilan ochiladi.

Kandada, Kovid-19dan o'lganlar soni  312 nafarga ko’payib 3774 nafarga yetdi. Infeksiyani yuqtirib olganlar  soni 4664  kishiga ko’payib 59 ming 474  nafarga oshdi. Ontario, Kvebek, Alberta, Manitoba va Saskachevan  shtatlarida  avj olgan epidemiyaga choralar tufayli yopilgan ba'zi korxonalar bugundan  boshlab qaytadan ochilishiga ruxsat berildi.

Braziliyada yuqumli kasallik tufayli vafot etganlar soni 7 ming 25 nafarga , infeksiyani yuqtirib olganlar  soni esa 101 ming 147 kishiga ko'tarildi.

20 kishi vafot etgan Yangi Zelandiyada  virusga chalinganlar 1487 nafar  sog’ayib ketganlar soni esa 1276 kishi, Kovid-19  infeksiya yuqtirish holati mart oyining o'rtalaridan beri oxirgi 24 soat ichida birinchi marta uchramagan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #248 ming , #Vafot , #Dunyo , #Kovid 19

Aloqador xabarlar