Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasida otishma ro’y berdi

Voqea oqibatida moddiy zarar va jarohatlanganlar bo‘lmagan. Janubiy Koreya harbiylari shay holatga keltirilgan.

1409622
Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasida otishma ro’y berdi

 

Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasida otishma ro’y bergan.

Ma’lumotga ko’ra, tomonlar bir-biriga qarama-qarshi o’q uzgan.

Bu haqda Janubiy Koreya Harbiy bosh shtabi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea 3 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:41da yuz bergan. Shimoliy koreyalik harbiylar Janubiy Koreya chegarasidagi postga bir necha marta o’q uzgan.

So’ngra, Janubiy Koreya chegarachilari Shimoliy Koreya tomon ogohlantirish maqsadida ikki marta o‘q uzgan.

Voqea oqibatida moddiy zarar va jarohatlanganlar bo‘lmagan. Janubiy Koreya harbiylari shay holatga keltirilgan.

Shimoliy Koreyaning nima sababdan Janubiy Koreyaga tomon o’q uzganligi ma’lum emas. Voqea tafsilotlari tekshirilmoqda. Bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

 



Aloqador xabarlar