Hasan Ruhoniy:“Fors ko’rfazi Eron xalqiga oid..."

“Fors ko’rfazi Eron xalqiga oiddir va abadiy Fors ko’rfazi bo’lib qoladi. Amerikaliklar uning nomi Nyu-York ko’rfazi yoki Vashington ko’rfazi emasligini yaxshi bilib qo’ysin!”,-deb aytgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

1407572
Hasan Ruhoniy:“Fors ko’rfazi Eron xalqiga oid..."

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Basra ko’rfazi haqida AQShni ogohlantirdi.

Ruhoniy Basra ko’rfazida Eron bilan AQSh kuchlari qarama-qarshi kelishi ortidan ikki davlat o’rtasida avj olgan taranglikka diqqat qaratdi.

“Fors ko’rfazi Eron xalqiga oiddir va abadiy Fors ko’rfazi bo’lib qoladi. Amerikaliklar uning nomi Nyu-York ko’rfazi yoki Vashington ko’rfazi emasligini yaxshi bilib qo’ysin!”,-deb aytgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

“Amerika Eron xalqi Fors ko’rfazini mudofaa qilishga qurbi yetishini ko’rib turibdi. Qurolli kuchlarimiz Fors ko’rfazining qo’riqchisidir va abadiy shunday bo’lib qoladi ham”,-deb ilova qiladi Hasan Ruhoniy.

Shuningdek, global xatar COVID-19ga ham to’xtalgan Ruhoniy virusning qachon bartaraf etilishi noma’lum ekanligini bildirdi.

Pandemiya tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklovlar yumshatilishini aytgan Ruhoniy: “O’zimizni ehtiyot qilib, ishimizga qaytishimiz kerak. Xalq uchun umidvor bo’lishimiz kerak, chunki dunyoda hech kim epidemiyaning qachon to’xtatilishini bilolmaydi”,-dedi.

Eronda koronavirusdan kasallanganlar soni 92 mingdan oshdi, virusdan vafot etganlar soni 6000ga yaqinlashdi.

Biroq, oxirgi kunlarda koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim holatlari kun sayin 100 tadan kamayib bormoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Fors ko’rfazi , #Amerika , #Hasan Ruhoniy , #Eron

Aloqador xabarlar