Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ertaga ishga qaytmoqda

Covid-19 virusini butkul yengib, sog’ayib ketgan Jonson shifokorlarning tavsiyasi bilan ertaga o’z ishiga qaytadi.

1405430
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ertaga ishga qaytmoqda

 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ertaga ishga qaytmoqda.

Boris Jonson 27 martda koronavirusga qarshi test qilinganda, uning virus yuqtirib olganligi aniqlangandi.

Bosh vazirlik qarorgohida o’zini izolyatsiya qilgan Jonson kasallik alomatlari o‘tib ketavermagach, 5 aprel kuni Londondagi “St Thomas” kasalxonasiga yotqizilgandi.

Jonson ertasi kuni ahvoli og’irlashgach, shifoxonaning reanimatsiya bo’limiga yotkizilgandi. Uch kun davomida reanimatsiyada yotgan Jonson 10 aprel kuni oddiy palataga o‘tkazilgandi.

Boris Jonsonning vazifasini tashqi ishlar vaziri Dominik Raab vaqtinchalik bajarib turgandi.

Virusni butkul yengib, sog’ayib ketgan Jonson shifokorlarning tavsiyasi bilan ertaga o’z ishiga qaytadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar