Afg’oniston shimolidagi Tolibon hujumida 11 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi

Sari-Pul hokimligi vakili Zabihulloh Amaniy ma’lum qilishicha, jangarilar bir paytning o'zida Sari-Pul viloyati markaziga, shuningdek Sancharak va Suzma qal’a tumanlariga hujum qilgan.

1403318
Afg’oniston shimolidagi Tolibon hujumida 11 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi

 

Afg’oniston shimolida joylashgan Sari-Pul viloyatida Tolibon jangarilari tomonidan sodir etilgan hujumda 11 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Sari-Pul hokimligi vakili Zabihulloh Amaniy ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, jangarilar ayni vaqtda Sari-Pul viloyati markaziga, shuningdek Sancharak va Suzma qal’a tumanlariga hujum qilgan.

Hujumlar oqibatida 11 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 19 nafari jarohatlangan. 1 nafar xavfsizlik xodimi Tolibon tomonidan asirga olingan.

To’qnashuvlarda Tolibon ham katta yo’qotishga uchraganligi ma’lum qilindi.

Tolibon harakati voqea haqida biron izoh bildirmadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar