Nigeriyaning shimoli-g'arbiga uyushtirilgan qurolli hujumlarda 47 kishi halok bo'ldi.

G'arbiy Afrika mamlakati Nigeriyaning shimoli-g'arbiga uyushtirilgan qurolli hujumlarda 47 kishi halok bo'ldi.

1401405
Nigeriyaning shimoli-g'arbiga uyushtirilgan qurolli hujumlarda 47 kishi halok bo'ldi.

G'arbiy Afrika mamlakati Nigeriyaning shimoli-g'arbiga uyushtirilgan qurolli hujumlarda 47 kishi halok bo'ldi.

Katsina politsiyasi boshlig'i Gambo Iso mahalliy matbuotga ma'lum qilishicha, noma'lum qurolli shaxslar  tomonidan Dutsinma, Danmusa va Safana  hududlariga  qasos olish uchun  hujumlar  amalga oshirilgan deya bildirdi.

Isoning  aytishlaricha, hujumlarda 47 kishi o'lgan va ko'p odamlar jarohatlangan.

Yaradorlar kasalxonaga yotqizilganini aytib, Iso hujumlarda juda katta moddiy zarar borligini va bu joylarda havodan  va quruqlikdan  operatsiyalar boshlanganini aytdi.

Milliy matbuotda xabar qilinishicha, ilgari qurollangan shaxslar hududga  hujum qilishga uringan,  faqat xalq bunga yo'l qo'ymagan.

Shu bois  hujumlar qasos  olish uchun qilinganligi baholanmoqda.

Nigeriyaning shimoli-g'arbiy qismida vaqti-vaqti bilan chorvachilik bilan shug'ullanadigan Fulani va dehqonchilik bilan yashayotgan ba'zi qabilalar o'rtasida shiddatli to'qnashuvlar yuz beradi.

Hayvonlarini boqish uchun mamlakat janubiga ko'chib kelgan Fulanilar, dehqonlar o'zlarining hayvonlarini o'g'irlamoqchi bo'lib, ularga hujum qilishganini iddao etgan.

Qurollangan odamlar ham ushbu to’qnashuvdan  foydalanib  hujumlar uyushtiradilar.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #nafar , #47 , #Hujum , #Nifgeriya

Aloqador xabarlar