AQSh va Tolibon o'rtasidagi kelishuvdan so'ng tinch aholi o'limlari ortdi

AQSh va Tolibon o’rtasida 29 fevralda imzolangan tinchlik kelishuvidan buyon 83 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

1397802
AQSh va Tolibon o'rtasidagi kelishuvdan so'ng tinch aholi o'limlari ortdi

 

AQSh va Tolibon o’rtasida 29 fevralda imzolangan tinchlik kelishuvidan buyon 83 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

Afg’oniston inson huquqlari komissiyasi AQSh va Tolibon o’rtasida imzolangan tinchlik kelishuvidan keyin mamlakat miqyosida hujumlar avj olganligiga diqqat qaratdi.

Ma’lumotga ko’ra, kelishuv imzolangandan buyon 83 nafar tinch aholi vakili hayotdan ko’z yumdi, 119 nafari jarohatlandi.

Qurbonlar orasida 8 nafar yosh bola va 8 nafar ayol ham bor. Yaradorlarning 16 nafari yosh bola va 15 nafari ayollar. Tinch aholi o’limlarining 50 foizidan Tolibon javobgar, qolgan 50 foizidan DEASh terror tashkiloti javobgar hisoblanadi.

Bundan tashqari, “Tolibon” harakati 35 nafar tinch aholi vakilini asirga olgan. Ularning oqibati hamon noma’lum.

Afg’oniston inson huquqlari komissiyasi ta’kidlashicha, tinch aholi vakillarini va davlat xodimlarini asirga tushirib, ularni qatl etish urush jinoyati hisoblanadi. Tegishli tomonlar tinch aholi o’limlarini oldini olish uchun yana ham jiddiyroq chora ko’rishi zarur.

 

 


Tanlangan kalimalar: #tinchlik kelishuvi , #Tolibon , #AQSh

Aloqador xabarlar