Donald Tramp koronavirusga qarshi kurash bo'yicha tanqidlarga javob berdi

Tramp Amerika matbuotida tarqalgan “Tramp ogohlantiruvlarga qaramay, virusga qarshi chora ko’rishga kech qoldi”, shaklidagi xabarlarni rad etdi.

1397760
Donald Tramp koronavirusga qarshi kurash bo'yicha tanqidlarga javob berdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga kech qolganligi haqidagi iddaolarga munosabat bildirdi.

“Men qilgan barcha ishlar to’g’ri edi”,-deb aytgan Donald Tramp Oq uydan matbuotga bergan brifingda.

Virus o’chog’iga aylangan Nyu-York, Nyu Jersey, Louisina va Michiganda kasalxonaga yotkizilganlar soni kamaya boshlaganligiga diqqat qaratgan Tramp: “Mamlakat bo’ylab grafikadagi ortish pasaya boshladi. Vaziyat barqaror”,-dedi.

Trampning ta’kidlashicha, AQShda shu vaqtgacha 3 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi test topshirdi. Kundalik test topshirish hajmi 150 000 atrofida.

Tramp Amerika matbuotida tarqalgan “Tramp ogohlantiruvlarga qaramay, virusga qarshi chora ko’rishga kech qoldi”, shaklidagi xabarlarni rad etdi.

“Men qilgan barcha ishlar to’g’ri” deya o’zini himoya qilgan Tramp shunday dedi:

“Koronavirus bilan bog’liq ilk holat aniqlanishi bilan 31 yanvarda Xitoydan kelgan yo’lovchilarga chegaralarimizni yopdik. Joe Biden va Demokratlar meni millatchilikda aybladilar. Nima qilishim kerak edi? Tarixida eng yaxshi kunlarini o'tkazayotgan iqtisodiyotimizni butkul to’xtatib qo’yishim kerakmi edi?,-dedi.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo esa, Xitoy hukumatini koronavirus epidemiyasi haqida o’z vaqtida ma’lumot bermaganlikda aybladi.

Bild gazetasiga intervyu bergan Pompeo “Xitoy global koronavirus tarqalishidan javobgarmi? degan savolga javoban, “Javobgarlar kuni kelib bunga javob beradi”,-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #koronavirus , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar