Efiopiyada chigirtkalar istilosi tufayli 1 mln inson ocharchilik panjasida...

BMT hisobotiga ko’ra, mamlakatda chigirtkalar taxminan 200 000 gektar ekin maydonlarini yo‘q qildi. Bu esa, 356 000 tonna don mahsulotining yo’q bo’lishiga olib keldi.

1397613
Efiopiyada chigirtkalar istilosi tufayli 1 mln inson ocharchilik panjasida...

 

Efiopiyada chigirtkalar istilosi tufayli 1 mln inson ocharchilik tahlikasida turibdi.

BMT hisobotiga ko’ra, mamlakatda chigirtkalar taxminan 200 000 gektar ekin maydonlarini yo‘q qildi. Bu esa, 356 000 tonna don mahsulotining yo’q bo’lishiga olib keldi. Natijada 1 mln inson ocharchilikka duch kelmasligi uchun shoshilinch yordamga muhtoj.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Efiopiyadagi vakili Fatouma Sayidning ta'kidlashicha, chigirtkalar istilosi koronavirusga qarshi kurash ketayotgan bir paytga to’g’ri keldi. Dehqonlarga daromadini saqlab qolish uchun yordam kerak. Shuningdek, kreditlar bo‘yicha yordam kerak. Jabrlangan aholini ayniqsa, koronavirus tarqalgan hozirgi inqiroz sharoitida himoya qilish zarur.

Milliardlab hasharotlar Sharqiy Afrika va Yaqin sharq davlatlari, shu jumladan Efiopiya, Somali, Keniya, Jibuti, Eritreya, Tanzaniya, Sudan, Janubiy Sudan va Ugandani qamrab olgan. Chigirtkalar kuniga 150 km masofani qamrab olmoqda.

Bir km kvadratlik maydonga to’g’ri kelgan 80 mln chigirtka faqat bir kunning o’zida 35 000 kishiga yetadigan ozuqani yo’q qilishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Efiopiya , #chigirtkalar

Aloqador xabarlar