Uxandagi karantin ortidan kecha shaharni taxminan 55 ming kishi tark etdi

Infektsiya paydo bo‘lgan Uxanda 11 haftadan beri davom etgan karantin 7 - aprel kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

1394670
Uxandagi karantin ortidan kecha shaharni taxminan 55 ming kishi tark etdi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasi paydo bo‘lgan Xitoyning Xubey viloyati markazidagi Uxan shahrini 76 kundan beri davom etgan karantinaning 7 - aprelda o‘z nihoyasiga yetishi bilan minglab kishi tark etdi.

Ropa - rosa 11 million aholiga ega bo‘lgan Uxanda avtobus terminallari bilan poyezd stansiyalarida uzun navbatlar hosil bo‘ldi.

Kecha taxminan 55 ming kishi tomonidan tark etilgan shaharni Tianhe aeroportidan ba’zi qatnovlarning boshlashi bilan bugun yana 10 ming kishining tark etishi kutilmoqda.

Shuningdek Uxandan Shanxay, Pekin va Shinjon shaharlariga tijoriy qatnovlar boshladi.

Xitoyda epidemiya paydo bo‘lgan birinchi kundan beri yangi turdagi koronavirus yani Covid - 19 holati soni 81.865 ga, virus tufayli vafot etganlar soni esa 3335 nafarga yetdi. Shuningdek, 77 ming 370 kishi sog‘ayib ketdi.

Infektsiya paydo bo‘lgan Uxanda 11 haftadan beri davom etgan karantin 7 - aprel kuni o‘z nihoyasiga yetgandi.

Kecha Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasidan berilgan bayonotda, tunov kuni mamlakatdagi Covid-19 kasalligi kuzatila boshlagan yanvar oyidan beri birinchi marptaba vafot etganlar holati aniqlanmaganligi haqida xabar berilgandi.



Aloqador xabarlar