Dunyoda Kovid-19 tufayli vafot etganlar soni 51 mingni va kasalliklar soni1 millionni oshdi.

Dunyo miqyosida yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni 51 ming va kasalliklar soni1 milliondan oshdi.

1390441
Dunyoda Kovid-19 tufayli vafot etganlar soni 51 mingni  va kasalliklar soni1 millionni oshdi.

Dunyo miqyosida yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni 51 ming va kasalliklar soni1 milliondan oshdi.

Epidemiya tufayli 3 ming 160 kishi hayotdan ko'z yumgan Eronda parlament  Raisi Ali Larijaniga o'tkazilgan Kovid-19  testi  ijobiy chiqdi . Eron majlisida ushbu kasallikka chalinganlar soni 23 nafarga ko'payar ekan  Larijani karantinga olinganligi ma'lum qilindi.

Iroqda virus bilan bog'liq o'limlar soni 54 nafarga yetdi. Mamlakatda yuqtirganlar soni 772  nafarni tashkil etadi.

Asad rejimi, Suriyada nazorat qilayotgan  hududlarda yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 16 nafarga ko'tarilganligini ma'lum qildi. Oldinlari 2 kishi o'lgani haqida xabar bergan Suriyada, haqiqiy holatlar  yuksak bo’lishidan xavotirda. Shu bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriyadagi maxsus vakili Gir O. Pedersenning maxsus maslahatchisi Najat Rochdi "Suriyada insonparvarlik yordami hech qachon  bu qadar kritik  bo'lmaga dedi deya” ogohlantirdi. Pedersen butun Suriyani qamrab olgan "zudlik bilan   umumiy bir  sulhning" joriy etishini  ta'kidlagan Rochdi buning "Kovid-19"ga qarshi kurashish va Suriya xalqining ko'proq azoblanishiga yo'l qo'ymaslik uchun juda  muhimligini ta'kidladi.

Falastin hukumati tomonidan  qilingan yozma bayonotda,  yana 5 nafar Kovid-19ga  chalinganini va  kasallanganlar soni 160 nafarga  yetganligi bildirdi. Mamlakatda Koronavirus tufayli e'lon qilingan favqulodda holat yana 30 kunga uzaytirildi.

36 kishi qurbon bo'lgan Isroilda koronavirusning yangi turiga  (Kovid-19)  chalinganlar soni 6 857  nafarga yetdi.

Birinchi o'lim Liviyada koronavirus tufayli yuz berdi.

Misrda hayotini yo'qotganlar soni 58 nafarga ko'paydi, kasallar  soni 865 nafarni  tashkil  etdi.

Marokashda ushbu holatlarning umumiy soni 708 kishini tashkil etadi.

Tunisda "Kovid-19"dan halok bo'lganlar soni 13 nafarni kasallar soni esa 500 nafarga yetdi.

Qatarda paydo bo'lgan koronavirusning yangi turini (Kovid-19) tufayli 3 nafar  Iordaniyada 5 nafarga ko'tarilgan, Birlashgan Arab Amirliklari 4 2 nafar, Bahraynda 643  nafar  virusga chalingan.

Sudanda kasallikka  chalinganlar  soni 8 nafarga yetar ekan,  Iordaniyada qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim shoxaxayda Kovid-19 inqirozi bilan bog'liq ba'zi "ma'muriy xatolar" tufayli iste'foga chiqdi.

Togoda Kovid-19 39 kishida ko’rilar ekan  bulardan  2 nafar halok bo’ldi , 17  nafar sog’ayib ketgan.

Kamerunda 284ta holat kuzatilgan. Ulardan 7 nafari vafot etgan , 10 nafari esa tuzalgan.

Afrikada Kovid-19 hodisasi eng so'ng  ko'rilgan Burundi shahrida vahimaga sabab bo’ldi.  2 kishida  virus aniqlandi. Eski poytaxt va eng katta shahar Bujumburada oziq-ovqat va tozalash vositalarining  narxi tez  ko'tarildi va odamlar qishloq joylariga borish uchun avtobus terminallariga to'planishdi.

Bir odam o'lgan va 195 Kovid-19 holati kuzatilgan Senegalda gidroksiklorokin bilan davolanish ishlari tiklanish uchun tez natijalar berganligi sababli davom ettirilishi aytilgan.

Qirg'izistonda koronavirusning yangi turidan birinchi o'lim sodir bo'ldi. Mamlakatda  kasallar  soni 130  nafarga yetdi. O'zbekiston tomonidan Qirg'izistonga ming tonna un, 7 mingta himoya kiyimlari, 20 ming qo'lqop va 500ta himoya ko'zoynaklar sovg’a qilindi. Xitoy hukumati, shuningdek, Qirg'izistonga 21 mingta Kovid-19 tezkor tashxis jihoz ehson etdi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda hozirgacha 53 kishi vafot etganini ma'lum qildi, Kovid-19 tufayli holatlar soni  bir 860 kishiga yetdi.

24-mart kuni Hindistonda komendantlik soati e'lon qilinganidan so'ng, mamlakatdagi ko'plab sayyohlar u yerda qamalib qoldi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Avj olmoqda , #Dunyo , #Koronavirus

Aloqador xabarlar