Asad rejimining koronavirus tufayli ommaviy qatliomga qo‘l urishi mumkinligi aytilmoqda

Suriya muxolifat va inqilobiy kuchlar milliy koalitsiyasi xalqaro hamjamiyatni, Asad rejimidan Suriyada yangi turdagi koronavirus yuqtirib olgan bemorlarning haqiqiy sonini yetkazishini talab qilishga chaqirdi.

1389892
Asad rejimining koronavirus tufayli ommaviy qatliomga qo‘l urishi mumkinligi aytilmoqda

Suriya muxolifat va inqilobiy kuchlar milliy koalitsiyasi xalqaro hamjamiyatni, Asad rejimidan Suriyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasi yuqtirib olgan bemorlarning haqiqiy sonini yetkazishini talab qilishga chaqirdi.

Koalitsiya mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotda Suriyada Covid - 19 infektsiyasi yuqtirib olgan bemorlar sonining aslida ko‘pligini belgilab o‘tgan holda,

“Asad rejimi Suriyaning vabosidir. Rejim kuchlari hukmronlikni qo‘lga kiritgach mamlakatda hammasini inkor etmoqda. Sohadan biz qo‘lga kiritgan ma‘lumotga ko‘ra virus mamlakatda ayniqsa Damashq va Latakiya viloyatlarida keng tarqagan. Rejim esa buni inkor etmoqda” degan ifodalarga o‘rin berdi.   

Rejimning mamlakat chegaralarini, koronavirus holatlari keng tarqagan davlatlardan shu jumladan Eron va Livandan kelgan chet ellik terroristlarga ochiq tutgani eslatib o‘tilgan bayonotda,

“Xalqaro hamjamiyat Asad rejimiga haqiqiy holat sonini ma’lum qilishi uchun kerakli bosimni o‘tkazishini xohlaymiz. Rejim qamoqxonalaridagilar, koronavirus tufayli ommaviy qatliom ostida” deyildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar