Fransiya harbiylari Iroqdan evakuatsiya qilindi

Fransiya harbiylarining Iroqni nima uchun tark etganligi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

1385471
Fransiya harbiylari Iroqdan evakuatsiya qilindi

 

 

Fransiya AQSh boshchiligidagi koalitsiya tarkibida xizmat qilgan harbiylarini Iroqdan evakuatsiya qildi.

Bu haqda Iroq rasmiy xabar agentligi INA xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Iroqdagi namoyishlar tufayli 29 noyabrda o’z vazifasidan iste’fo etgan bosh vazir Odil Abdulmehdiyning harbiy masalalar bo’yicha maslahatchisi Abdulkarim Xalef bu haqda bayonot bergan.

Uning ta’kidlashicha, hukumat bilan tuzilgan kelishuvga binoan, DEAShga (ISHID) qarshi kurash bo’yicha koalitsiya tarkibida xizmat qilgan Fransiya harbiylari Iroq hududlarini tark etgan.

Biroq, Fransiya harbiylarining Iroqni nima uchun tark etganligi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Eslatish joizki, Chexiya Respublikasi Mudofaa vazirligi ham kecha butun dunyoda keng tarqalib borayotgan koronavirus tahlikasi va koalitsiya kuchlariga nisbatan hujumlarning avj olishi sababli Iroqdagi harbiylarini olib chiqib ketganligini ma’lum qilgandi.

 


 


Tanlangan kalimalar: #koalitsiya , #DAISh , #Iroq , #Fransiya

Aloqador xabarlar