Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 21000ga yetdi

Italiyada bir sutkada 683 kishi koronavirusdan vafot etdi, shu bilan qurbonlar soni 7503 nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirus infektsiyasidan kasallanganlar soni 74 386 kishiga yetdi.

1385375
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 21000ga yetdi

 

Dunyoda yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus qurbonlarining umumiy soni 21 000ga yetdi.

Italiyada bir sutkada 683 kishi koronavirusdan vafot etdi, shu bilan qurbonlar soni 7503 nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirus infektsiyasidan kasallanganlar soni 74 386 kishiga yetdi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, mamlakatda 21 fevraldan shu kungacha 31 nafar shifokor koronavirusdan vafot etgan.

Ispaniyada koronavirus qurbonlari soni 3434 kishiga yetdi. Shu bilan Ispaniya koronavirus qurbonlari soni jihatidan dunyoda ikkinchi o’rinda turibdi.

Fransiyada bir sutkada 231 kishi koronavirusdan vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab qurbonlar soni 1331 kishini tashkil qilmoqda.

Gollandiyada esa bir sutkada koronavirus infektsiyasidan vafot etganlar soni 80 kishiga yetdi. Natijada mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 356 kishini tashkil qilmoqda. Ayni vaqtgacha taxminan 7000 kishiga koronavirus tashxisi qo’yilgan.

Buyuk Britaniyada koronavirusdan yana 43 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakatda koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumganlar soni 465 kishiga yetdi. Yana 1452 kishida koronavirus aniqlandi. Shu bilan mamlakatda koronavirus infektsiyasidan kasallanganlar soni 9 000 dan oshdi. Sog’ayib ketganlar soni esa 135 nafarni tashkil qilmoqda.

Vengriyada 10 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Ulardan biri Buyuk Britaniyadagi Vengriya elchixonasida xizmat qilgan 37 yoshdagi elchi maslahatchisi ekanligi ma’lum qilindi.

AQShda koronavirus qurbonlari soni 802 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 55 238 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 415 nafari qo’shin tarkibida xizmat qilgan harbiylar hisoblanadi.

Kanadada koronavirus infektsiyasidan vafot etganlar soni 33 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 3292 nafarni tashkil qilmoqda.
 

 


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #koronavirus , #Kovid-19

Aloqador xabarlar