Koronavirusning kamida 17 kun yashashi aniqlandi

Yangi turdagi kronavirus (Kovid - 19) ning kamida 17 kun yashashi aniqlandi.

1384720
Koronavirusning kamida 17 kun yashashi aniqlandi

Narsalar yuzasida 3 kun turishi tahmin qilingan yangi turdagi koronavirusning avval aytilganidan 5 barobarga yana da ko‘proq vaqtgacha jonli ravishda turishi aniqlandi.

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mavzu haqida hisobot tayyorladi. Unda yangi turdagi koronavirusning (Kovid - 19) narsalar yuzasida, avval aytilganiga qaraganda yana - da ko‘proq vaqt turishiga e’tibor qaratdi.   

Hisobotda, Yaponiya va Kaliforniyadagi kemalarning boshatilishidan 17 kun keyin ham, kabinalarda virusning izi kuzatilgani qayd etildi.

Hisobotga ko‘ra mutaxassislar Yaponiyadagi Diamond Prinsess va Kaliforniyadagi Grand Prinsess yo‘lovchi kemalari boshatilganidan 17 kun o‘tishiga qaramay virus yuqtirib olgan, kasallik holati aniqlangan yoki aniqlanmagan yo‘lovchilarning xonalarida koronavirus izlarini topgan.

 



Aloqador xabarlar