Afg’onistonning Kapisa viloyatida Tolibon hujumi sodir etildi

Afg’onistonning Kapisa viloyatiga qarashli Ela Say tumanida Tolibon jangarilari tomonidan otilgan minomyotning bir mashinaga kelib tushishi oqibatida 3 nafar tinch aholi vakili va 1 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

1384838

Bu haqda Kapisa xavfsizlik boshqarmasi xodimi Shaik Shurish ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Ela Say tumanida Tolibon jangarilari tomonidan otilgan minomyot yo’ldan o’tib ketayotgan bir mashinaga tushgan. Mashina ichidagi bir oiladan 3 kishi halok bo’lgan , ikki yosh bola jarohatlangan.

Shuningdek, voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlariga qarata jangarilar tomonidan o’q uzilgan. Natijada bir nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

“Tolibon” harakati hozircha voqea haqida izoh bildirmagan.

Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Kapisa , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar