Kobulda Six ibodatgohiga qurolli hujum sodir etildi

Voqea sodir bo’lgan vaqtda ibodatgohda taxminan 150 atrofida kishi bo’lgan. Ular diniy marosim uchun to’planishgan.

1384739
Kobulda Six ibodatgohiga qurolli hujum sodir etildi

 

Afg’oniston poytaxti Kobulda Six ibodatgohiga qurolli hujum sodir etildi.

Afg’oniston ichki ishlar vazirligi xodimi Tarik Aryen bu haqda matbuotga brifing berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kobulning Sho’r Bozor mahallasida Sixlarga oid ibodatgohga qurolli hujum sodir etilgan.

Taxminlarga ko’ra, hujum 4 kishi tomonidan sodir etilgan.

Voqea sodir bo’lgan vaqtda ibodatgohda taxminan 150 atrofida kishi bo’lgan. Ular diniy marosim uchun to’planishgan.

Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir terror guruhi zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Kobul , #hujum , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar