Rossiyaning Kuril orollarida 7.5 ball zilzila sodir bo'ldi

“Sever-Kurilsk hududidagi zilziladan so’ng yuzaga kelgan tsunami taxminan 50 sm balandlikkacha ko’tarildi. Tsunami tahlikasi davom etmoqda”,-deyiladi bayonotda.

1384607
Rossiyaning Kuril orollarida 7.5 ball zilzila sodir bo'ldi

 

Rossiya Federatsiyasining Saxalin viloyati tarkibiga kiruvchi Kuril orollarida 7.5 ball zilzila sodir bo’ldi.

AQSh Geologik tadqiqotlar markazi ma’lum qilishicha, zilzila Kuril orollarining 213 km janubi sharqida ro’y bergan bo’lib, yerning 56.7 km tagida yuzaga kelgan.

Tinch okeani tsunami markazi Sever, Saxalin va AQShning Gavayi orollari uchun tsunami ogohlantiruvini e’lon qildi.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, qurbonlar yoki yaradorlar yo’q, vayronagarchiliklar qayd etilmagan.

 Taxminan 400 kishi tsunami tufayli evakuatsiya qilingan.

“Sever-Kurilsk hududidagi zilziladan so’ng yuzaga kelgan tsunami taxminan 50 sm balandlikkacha ko’tarildi. Tsunami tahlikasi davom etmoqda”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #tsunami , #Kuril orollari , #zilzila , #Rossiya

Aloqador xabarlar