Xalqaro avtomobil kompaniyalari nafas olish moslamasi ishlab chiqarishga boshlaydi.
Xalqaro avtomobil kompaniyalari koronavirusning yangi turiga (Kovid-19) qarshi kurashish uchun nafas olish moslama va boshqa tibbiy asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni boshlaydi.

Xalqaro avtomobil kompaniyalari koronavirusning yangi turiga (Kovid-19) qarshi kurashish uchun nafas olish moslama va boshqa tibbiy asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni boshlaydi.
BBC-dagi yangiliklarga ko'ra, AQShda General Motors, Ford va Tesla, Kovid-19 bemorlarini boqish uchun juda muhim bo'lgan va AQShda bu kabi holatlarning ko'payib borishi bilan ularning zaxirasi yetishmasligi kutilayotgan nafas olish moslamalarini ishlab chiqarish uchun. o'z imkoniyatlarini safarbar qilishlarini e'lon qilishdi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchilarning ushbu qadam AQSh oziq-ovqat va dorilar boshqarmasi nafas olish uskunalarini ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun tibbiy asboblarni ishlab chiqarish uchun xaridlarni va mezonlarni talablarini yengillashtirishi haqida e'lon qilganidan keyin keldi.
Yaponiyaning Nissan avtomobil ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, AQShning sport avtomobil ishlab chiqaruvchisi McLaren va Britaniyaning mudofaa, aerokosmik kompaniyasi Meggitt kompaniyasi bilan yangi nafas olish moslamalarini ishlab chiqarish uchun sheriklik tuzdilar.
Dunyodagi eng yirik traktor ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lgan Hindistonning Mahindra Group avtomobilsozlik kompaniyasi ham o'zining fabrikalarida nafas olish maslamalarini ishlab chiqarish bo'yicha ish boshlaganini e'lon qildi.
Buyuk Britaniyada Formula 1 poygalarida raqobatlashadigan jamoa vakillari ham o'tgan hafta hukumatlar va sog'liqni saqlash muassasalariga tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishga hissa qo'shish uchun texnologiyalar, dizayn va ishlab chiqarish yordamini ko'rsatishga tayyor ekanliklarini bildirgan edi.
" Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja ham biz mahalliy nafas olish moslamani ommaviy ravishda ishlab chiqarishga boshlamoqdamiz" deb bildirgan edi.