Afg’onistondagi portlashlarda 8 kishi halok bo’ldi

G’azni viloyatiga qarashli Deh Yak tumanida sodir etilgan birinchi portlashda 5 kishi halok bo’ldi. Ikkinchi portlash Qunduz viloyatida ro'y berdi.

1384176
Afg’onistondagi portlashlarda 8 kishi halok bo’ldi

 

Afg’onistonning ikki viloyatida sodir etilgan portlashlarda jami 8 kishi halok bo’ldi.

G’azni viloyatiga qarashli Deh Yak tumanida sodir etilgan birinchi portlashda 5 kishi halok bo’ldi.

G’azni xavfsizlik boshqarmasi xodimi Ahmad Xon Sirot ma’lum qilishicha, bu voqea Deh Yak tumanida ro’y bergan bo’lib, yo’l chetiga joylashtirilgan bomba politsiya xizmat mashinasi o’tib ketayotgan vaqtda portlatilgan.

Portlashda 5 kishi halok bo’lgan, ulardan 4 nafari politsiya xodimi.

U portlashlarda “Tolibon” harakatining qo’li borligini ma’lum qilmoqda.

Hozircha portlashlar uchun javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmadi.

Ikkinchi portlash Qunduz viloyatida ro'y berdi. Tolibon jangarilari mamlakat shimolidagi Qunduz viloyati markazida xavfsizlik kuchlariga hujum qildi. Hujumda 3 kishi halok bo’ldi. Ulardan 2 nafari xavfsizlik xodimlari hisoblanadi. 1 nafari tinch aholi vakili. Shuningdek, bir nafar tinch aholi vakili jarohatlangan.

Jangarilar voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lishgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #portlash , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar