Koronavirus butun dunyoni o'z domiga tortmoqda

Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 14 000dan oshdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 280 000ni tashkil qilmoqda.

1383844
Koronavirus butun dunyoni o'z domiga tortmoqda

 

 

Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 14 000dan oshdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 280 000ni tashkil qilmoqda.

Italiyada bir sutkada 601 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 6077 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 35 000dan oshdi. 

Ispaniyada bir sutkada 462 kishi koronavirusdan vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2182 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatning infektsiya keng tarqalgan shahri Madridda dafn marosimlari to’xtatilganligi sababli jasadlar morglarda emas, balki shahardagi qish sportlari uchun mo’ljallangan muz maydonida saqlanmoqda. Kasallanganlar soni bir sutkada 5000 kishiga oshdi. Shu bilan mamlakat miqyosida koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 25 000dan oshdi.

Fransiyada koronavirus infektsiyasidan vafot etganlar soni 860 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 20 000dan oshdi.

Gollandiyada koronavirus qurbonlari soni 213 kishiga yetdi, infektsiya bilan kasallanganlar soni 4749 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda uch kishining bir joyda to’planishi yoki bir-biriga bir yarim metrdan ortiqcha yaqinlashishi taqiqlandi. Bunga amal qilmaganlar 400 yoki 4000 evrogacha pul jazosiga tortiladi.

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusga chalingan shifokor bilan aloqada bo‘lgandan keyin koronavirusga test topshirdi va uning natijalari negatif chiqdi. Merkel avvalgi kuni o’zini har ehtimolga qarshi karantinga olgandi. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 116 kishini tashkil qilmoqda.

Komendantlik soati joriy etilgan Gretsiyada 17 kishi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni 695 kishini tashkil qilmoqda.

Janubiy Kipr Rum boshqaruvi yetakchisi Nikos Anastasiadis koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlar doirasida, qisman komendantlik soati joriy etdi. Ushbu qaror bugun kuchga  kiradi. Mamlakatda koronavirus infekstiyasi bilan kasallanganlar soni 116 kishini tashkil qilmoqda.

Yevropa ittifoqi tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili va Yevrokomissiya rahbari o’rinbosari Jozef Borrell koronavirusga “Kovid-19 tengi ko’rilmagan global inqiroz” deb baho berdi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu tahlikali infektsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish o’ta muhim va shart.

Qolaversa, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar koronavirus tufayli davlat harajatlarini cheklash to’g’risidagi chora-tadbirlarni vaqtinchalik to’xtatishga qaror berdi.

Buyuk Britaniyada koronavirus epidemiyasiga qarshi yangi choralar joriy etildi. Unga ko‘ra, do‘konlarga oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj tovarlari xarid qilish, kuniga bir martaga maxsus jismoniy mashqlar bajarish, tibbiy zarurat yoki hayotiy muhim hisoblangan ishga borish uchungina uydan chiqishga ruxsat beriladi. Jamoat joylarida ikki kishidan ko‘proq bo‘lib to‘planish taqiqlanadi. So’ngi ma’lumotga ko’ra, mamlakatda 335 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Shveysariya aholi nisbatiga ko’ra, Italiyadan keyin koronavirusdan eng ko’p zarar ko’rgan davlatga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 112 kishiga yetdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 8549 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda federal hukumat 5 kishidan ko’p bo’lib ko’chaga chiqishni taqiqladi.

Avstriyada 21 kishi koronavirusdan vafot etdi, kasallanganlar soni 3924 kishini tashkil qilmoqda.

Shimoliy Makedoniyada 139 kishi, Albaniyada 104 kishi, Kosovada 35 kishi, Bosniya-Gersegovinada 130 kishi koronavirusga chalinganligi aniqlandi.

AQSh esa koronavirusga chalinganlar soni jihatidan Xitoy va Italiyadan keyin uchinchi o’rinda turibdi. Mamlakatda infektsiya yuqtirib olganlar soni 35 225 kishini tashkil qilmoqda. Davlat rasmiylari xalqni uylaridan chiqmaslikka chaqirmoqda.

Lotin Amerika davlatlari Braziliyada 25, Ekvatorda 18, Peruda 5, Panamada 3, Argentinada 4, Dominik Respublikasi va Kolumbiyada 3tadan, Kosta-Rika, Chili, Meksika va Porto Rikoda 2tadan, Paraguay, Guatemala va Kubada bittadan bo’lib, jami 72 kishi koronavirusdan vafot etganligi aniqlandi.

Kanadada koronavirus qurbonlari soni 24 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni esa 2035 kishidan oshdi. Mamlakat bosh vaziri xalqqa murojaatida insonlarni uydan chiqmaslikka chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #Kovid-19 , #Italiya , #koronavirus

Aloqador xabarlar