Xorvatiyada 5.3 ball zilzila sodir bo’ldi

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 06:23 da ro’y bergan zilzilada Zagrebdagi tarixiy binolar, ishxonalar vayron bo’lgan.

1382822
Xorvatiyada 5.3 ball zilzila sodir bo’ldi

 

Xorvatiyada 5.3 ball zilzila sodir bo’ldi.

Zilzilaning markaziy o’chog’i poytaxt Zagrebda joylashgan bo’lib, keyingi 140 yil ichidagi eng kuchli zilzila deb topildi.

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 06:23 da ro’y bergan zilzilada Zagrebdagi tarixiy binolar, ishxonalar vayron bo’lgan.

Zagreb hokimi Milan Bandicning ta’kidlashicha, tarixiy Zagreb katedralining minorasi katta zarar ko’rgan.

Sog’liqni saqlash vazirligi esa, yangi turdagi koronavirus tahlikasi hamon o’tib ketmaganligini bildirib, zilziladan qochib tashqariga chiqqanlarni maksimal darajada masofani saqlashga chaqirdi.

Zagrebning bir qismida elektr va suv ta'minoti uzilgan. Ayrim uylarning devorlari darz ketgan. Binolardan qulab tushgan beton bo’laklari mashinalarga zarar yetkazgan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Zagreb , #Xorvatiya

Aloqador xabarlar