Tolibon Afg’oniston shimolidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

Sari-Pul hokimiyati xodimi Zabinulloh Amaniy ma’lum qilishicha, hujumda 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 4 nafari jarohatlangan.

1382790
Tolibon Afg’oniston shimolidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

 

 

Afg’oniston shimolidagi Sari-Pul viloyati Gosfendi tumanida joylashgan politsiya nazorat uchastkasiga “Tolibon” harakati tomonidan hujum sodir etildi.

Hujumda 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Sari-Pul hokimiyati xodimi Zabinulloh Amaniy ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, “Tolibon” harakati jangarilari Gosfendi tumanida joylashgan Karizha qishlog’idagi politsiya nazorat uchastkasiga qurolli hujum sodir etdi. Hujumda 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 4 nafari jarohatlangan.

“Tolibon” harakati hozircha voqea bilan aloqali biron izoh bildirmadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar