Italiyada bir sutkada 793 kishi koronavirusdan vafot etdi

Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 4825 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 35000dan oshdi.

1382740
Italiyada bir sutkada 793 kishi koronavirusdan vafot etdi

 

Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 13000dan oshdi. Kasallanganlar soni 280000ga yaqinlashdi.

Italiyada bir sutkada 793 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 4825 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 35000dan oshdi.  

Italiya bosh vaziri Giuseppe Conte ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus tarqalishini oldini olish bo’yicha strategik va o’ta zarur bo’lmagan barcha ishlab chiqarish faoliyatlarini to’xtatishga qaror berildi.

Ispaniyada 1378 kishi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni bir sutkada 5000 kishiga oshdi. Shu bilan mamlakat miqyosida koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 25000ga yetdi.

Poytaxt Madridda tez yordam mashinalari yetishmovchiligi tufayli avtobuslar bemorlarni shifoxonaga yetkazishda qo’llanilmoqda. Ba’zi mehmonxonalar shifoxonaga aylantirildi.

Fransiyada yana 112 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Shu bilan mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 562 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 1525 kishini tashkil qilmoqda.

Germaniya koronavirusga qarshi kurashish bo’yicha Yevropa davlatlari orasida eng tartibli va faol davlat deb topildi. Mamlakatda 77 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Belgiyada bir sutkada 67 kishi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni 2815 kishiga yetdi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula von der Leyen mahalliy hukumatlar tomonidan olingan qattiq chora-tadbirlar transport qatnovida qiyinchiliklarga sabab bo’lganligini ilgari surdi.

 “Bir qancha yevropalik uylariga qayta olmayotir. Mahsulot, oziq-ovqat va dori tashuvchi transportlar harakati cheklangan. Ba’zi chegaralarda tuzalish bor, lekin transport qatnovidagi qiyinchiliklar davom etmoqda. Masalani hal qilish uchun hukumatlar bilan aloqamiz davom etmoqda”,-dedi Yevrokomissiya rahbari.

Buyuk Britaniyada 233 kishi koronavirusdan vafot etdi. Pensiyadagi 65000 salomatlik xodimi qayta ishga chaqirildi.

Bosniya-Gersegovinada ilk bor koronavirusdan bir kishi vafot etdi. Kasallanganlar soni 93 kishiga yetdi. Serbiyada mahalliy vaqt bilan soat 20:00dan boshlab komendantlik soati joriy etildi.

Kipr rum qismida koronavirus bilkan bog’liq ilk o’lim holati qayd etildi.

Hukumat rasmiylari yana 9 kishida koronavirus aniqlanganligini va virus yuqtirib olganlar soni 84 kishiga yetganligini ma’lum qildi.

AQShda koronavirus qurbonlari soni 260 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 19624 kishini tashkil qilmoqda.

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning yonida ishlagan bir xodimda koronavirus aniqlandi.

Avstraliyada esa 7 kishi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni 1098 kishiga yetdi. Mamlakat bosh vaziri Skot Morrison Kovid-19 virusi tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakat bo’ylab ichki sayohatlarni taqiqladi.

Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 18 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 1025 kishini tashkil qilmoqda. Virus keng tarqalgan mamlakatning eng badavlat shtati Sao Paulo karantinga olindi.

Boliviyada 19 kishida koronavirus aniqlandi, virusning mamalakat bo’ylab keng tarqalishini oldini olish maqsadida karantin e’lon qilindi.

Mamlakatda 3 may kuni o’tkazilishi rejalangan umumiy saylovlar keyinga qoldirildi.

Chilida koronavirus bilan bog’liq ilk o’lim holati qayd etildi. 18 mln aholi mavjud bo’lgan mamlakatda 537 kishida koronavirus aniqlandi.

Kolumbiyada bir kishi koronavirusdan vafot etdi, kasallanganlar soni 210 kishiga yetdi.

Argentinada ham yana bir kishi koronavirusdan vafot etdi. Shu bilan qurbonlar soni 4 kishiga yetdi. Mamlakatda kasallanganlar soni 158 kishini tashkil qiladi.

Urugvayda 110, Paraguayda 18, Peruda 318, Ekvatorda 506, Venesuelada 42 kishi koronavirusga chalingan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa , #koronavirus , #Italiya

Aloqador xabarlar