Pokiston Havo Kuchlariga oid F-16 samolyoti halokatga uchradi

Islomobodda “23 Mart Pokiston milliy kuni” munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik doirasida parvoz qilgan F-16 samolyoti qulab tushdi.

1376232
Pokiston Havo Kuchlariga oid F-16 samolyoti halokatga uchradi

 

Pokiston Havo Kuchlariga oid F-16 samolyoti poytaxt Islomobodda halokatga uchradi.

Mahalliy matbuotda tarqalgan xabarlarga ko’ra, Pokiston Havo Kuchlari kotibi poytaxt Islomobodda “23 Mart Pokiston milliy kuni” munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik doirasida parvoz qilgan F-16 samolyoti qulab tushganligini ma’lum qilgan.

Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv guruhlari yetib kelishgan. Qurbonlarning bor yoki yo’qligi haqida rasmiy bayonot berilmagan.


Tanlangan kalimalar: #F-16 , #Pokiston

Aloqador xabarlar