Jeffrey:"Idlibda o't o'chishni to'xtatish rejimi buzilgan taqdirda..."

Jeyms Jeffrey 5 mart kuni Kremlda Suriyadagi vaziyat bo‘yicha o'tkazilgan Rossiya-Turkiya muzokaralariga munosabat bildirdi.

1375758
Jeffrey:"Idlibda o't o'chishni to'xtatish rejimi buzilgan taqdirda..."

 

AQShning Suriya bo'yicha maxsus vakili Jeyms Jeffrey ta'kidlashicha, Rossiya yoki Bashar Asad rejimi Idlibda o't o'chishni to'xtatish rejimini buzgan taqdirda sanksiya bilan javob beriladi.

Jeyms Jeffrey 5 mart kuni Kremlda Suriyadagi vaziyat bo‘yicha o'tkazilgan Rossiya-Turkiya muzokaralariga munosabat bildirdi.

"Rossiya yoki Suriya hukumati qo'shini Idlibda o't o'chishni to'xtatish rejimini buzgan taqdirda, sanksiya bilan javob berishimiz mumkin",-deb aytgan Jeyms Jeffrey.

Uning ta'kidlashicha, hozirda NATO Idlibda Turkiyaga qanday yordam berish kerakligi ustida bosh qotirmoqda.

U Rossiya va Suriya rejimi Idlibda doimiy o't ochishni to'xtatish tarafdori bo'lishiga ishonmasligini so'zlariga qo'shimcha qildi.

"Ular Suriyada g'alaba qozonishni ko'zlayabdilar",-deb aytgan Jeyms Jeffrey.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jeyms Jeffrey , #Rossiya , #sanksiya , #Idlib

Aloqador xabarlar