Parijdagi masjidga qurolli hujum sodir etildi

Fransiya matbuotidagi xabarlarga ko’ra, boshida kaskasi bo’lgan shaxs Parijda masjidga bostirib kirib, atrofga o’q uza boshlagan. Voqea joyida bir kishi jarohatlangan.

1374609
Parijdagi masjidga qurolli hujum sodir etildi

 

Fransiya poytaxti Parijda musulmonlar ibodat qilgan masjidga qurolli hujum sodir etildi.

Qurollangan shaxsning o’q uzishi oqibatida bir kishi og’ir yaralandi.

Fransiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, boshida kaskasi bo’lgan shaxs Parijda masjidga bostirib kirib, atrofga o’q uza boshlagan. Voqea joyida bir kishi jarohatlangan.

Ushbu shaxs hujumdan so’ng, mototsiklda voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lgan.

Voqea bilan bog’liq rasmiy bayonot berilmadi.


Tanlangan kalimalar: #hujum , #masjid , #Parij , #Fransiya

Aloqador xabarlar