Chilida, Xo‘jali qatliomi qurbonlari yodga olindi

Xo‘jali qatliomining 28 yilligi munosabati bilan Chilida qurbonlarni yodga olish marosimi uyushtirildi.

1367515
Chilida, Xo‘jali qatliomi qurbonlari yodga olindi

Xo‘jali qatliomining 28 yilligi munosabati bilan Chilida qurbonlarni yodga olish marosimi uyushtirildi.

Unda Turkiyaning Chilidagi elchisi Guljan Akog‘uz bilan birga davlat rasmiylari, diplomatik vakolatxona vakillari, jurnalistlar va ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

Aytib o‘tish joizki Sovet ittifoqi qulagach Ozarbayjondan tuproq talab qilgan armanlar, 1991-yilning oxirgi kunlarida Ozarbayjonning 7 ming fuqarosini o‘z ichiga olgan Xo‘jali shahrini qurshab oldi.

Oylab davom etgan hujumlari avj olgan armanlar, mintaqaning yagona aeroporti o‘rin olgan va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xo‘jali shahrini bosib olish uchun 1992-yilning 25-fevrali kuni kechasi uch tomondan hujum qildi.

Xo‘jali qatliomida 613 nafar Ozarbayjon turki vahshiylarcha o‘ldirildi. Ulardan 106 nafari himoyasiz ayollar, 70 nafari keksa va 63 nafari yosh bola edi. Qatliomda jon berganlardan tashqari 487 kishi og‘ir tan jarohati oldi va ularning 76 nafari yosh bolalardan iborat bo‘lgan.

Arman kuchlari 1275 kishini asirga olgan. Eng yomoni ularning 150 nafari haligacha bedarak.

Qatliomda 8 oila butunlay yo‘q qilingan va 25 bola ota – onasidan, 130 bola esa otasi yoki onasidan ayrilgan.

Oxirgi yillarda qo‘l urilgan eng yirik qatliom va urush jinopyati degan nom bilan odamgarchilik tarixining qora sahifalarida o’rin olgan voqeaning aybdorlari esa haligacha qilmishiga javob bermadi.


Tanlangan kalimalar: #Xo‘jali , #Xo‘jali qatliomi , #Chili

Aloqador xabarlar