Xitoyda koronavirus epidemiyasi tufayli halok bo’lganlar soni 2444 kishiga yetdi

Ma’lumotga ko’ra, kasallanganlarning umumiy soni 75 936 kishiga yetdi. Ulardan 10 968 nafari og’ir ahvolda.

1364523
Xitoyda koronavirus epidemiyasi tufayli halok bo’lganlar soni 2444 kishiga yetdi

 

 

Xitoyda yangi turdagi koronavirus epidemiyasi (Kovid-19) tufayli halok bo’lganlar soni 2444 kishiga yetdi.

Bu haqda Xitoyning sog’liqni saqlash davlat qo’mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, kasallanganlarning umumiy soni 75 936 kishiga yetdi. Ulardan 10 968 nafari og’ir ahvolda.

Bir sutka ichida yana 648 kishiga koronavirus tashxisi qo’yilgan va 97 kishi vafot etgan.

Virusga chalinganligidan gumon qilingan kishi soni 4148 nafarni tashkil qiladi. Karantinga olinganlar soni 106 89 kishiga kamaydi.

Bugungacha tuzalib ketganlar soni 22 888 kishini tashkil qiladi.

Honkongda 69 ta va Makaoda 10 ta kasallanish holati aniqlangan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Xitoy

Aloqador xabarlar