Xitoy Shimoliy Koreyaning chegaralarni takror ochish to'g'risidagi talabini rad etdi

Shimoliy Koreya yangi turdagi koronavirus epidemiyasining keng tarqalishi tufayli, 22 yanvarda Xitoy bilan bo'lgan chegarasini yopishga qaror bergandi.

1363269
Xitoy Shimoliy Koreyaning chegaralarni takror ochish to'g'risidagi talabini rad etdi

 

 

Xitoy Shimoliy Koreyaning koronavirus epidemiyasi tufayli yopilgan chegaralarni takror ochish to'g'risidagi talabini qabul qilmadi.

Shimoliy Koreya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Pekin hukumati Shimoliy Koreyaning chegarani qayta ochish to'g'risidagi talabini rad etgan.

Ushbu talabning rad etilishiga sabab koronavirus epidemiyasining hamon o'z kuchini yo'qotmaganligi va tarqalishda davom etayotganligidir.

Koronavirus o'z ta'sirini yo'qota boshlaganligini ma'lum qilgan Xitoy hukumati Shimoliy Koreyani savdo faoliyatlarini qayta yo'lga qo'yish uchun biroz kutishga chaqirdi.

Shimoliy Koreya bu xususdagi talabi o'tgan hafta Koreya ishchi partiyasi vakilining Pekinga tashrifi chog'ida yetkazilgandi.

Shimoliy Koreya yangi turdagi koronavirus epidemiyasining keng tarqalishi tufayli, 22 yanvarda Xitoy bilan bo'lgan chegarasini yopishga qaror bergandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #chegara , #Shimoliy Koreya , #Xitoy

Aloqador xabarlar