Rus urush uchoqlarining Idlibdagi havo hujmida tinch aholidan yana 3 kishi jon berdi

Rus urush uchoqlarining Idlibdagi havo hujumlari tinch aholidan yana 3 kishining umriga, 9 kishining sog‘ligiga zomin bo‘ldi.

1362403
Rus urush uchoqlarining Idlibdagi havo hujmida tinch aholidan yana 3 kishi jon berdi

Rossiyaga oid urush uchoqlari Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududida havodan uyushtirgan hujumlari oqibatida tinch aholidan yana 3 kishining umriga, 9 kishining sog‘ligiga zomin bo‘ldi.

Muxolafat manbaasiga tayangan ma’lumotga ko‘ra rus urush uchoqlari kecha oqshom soatlarida Idlibning Termanin, Halabning esa Daret Izza tuman markazi va atrofiga qarshi havodan hujum uyushtirdi.

Harbiy bo‘lmagan muxolafat manbaalaridan olingan ma’lumotga ko‘ra rus urush uchoqlari uyushtirgan havo hujmi tinch aholidan yana 3 kishining umriga, kamida 9 kishining sog‘ligiga zomin bo‘ldi.

Hujum ortidan kelib chiqqan yong‘in harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhi tomonidan o‘chirilar ekan vayrona ostida qolgan insonlarni qutqarish ishlari davom etmoqda.

Jon bergan yoki tan jarohati olganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #havo hujmi , #rus urush uchoqlari

Aloqador xabarlar