Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1368 nafarga yetdi

Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahriga 2600 nafar malakali shifokorlar yuborildi.

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1368 nafarga yetdi

 

 

Xitoyda yangi turdagi koronavirus tarqalish o’chog’i bo’lgan Xubey provinsiyasida o‘tgan bir kun ichida koronavirus qurbonlari soni 242 nafarga ko‘payib, umumiy qurbonlar soni 1368 nafarga yetdi.

Xitoyning sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, mamlakat miqyosida qurbonlarning umumiy soni 1368 kishiga yetgan, kasallanganlar soni 59 ming 883 nafarni tashkil qiladi.

Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahriga 2600 nafar malakali shifokorlar yuborildi.

Shu bilan koronavirus tarqalgandan buyon Uxan shahriga yuborilgan tibbiy xodimlar soni 4000 dan oshdi.

Dastlab 12 dekabrda Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan yangi turdagi koronavirus ko’p o’tmay nafaqat butun shahar bo’ylab, balki mamlakat bo’ylab keng tarqalib borishi natijasida Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyat e’lon qilgandi.

Qolaversa, Xitoy Kommunist partiyasining Xubey provinsiyasidan mas’ul kotibi Chan Chaolian epidemiya tarqalishidan buyon Xubey provinsiyasida boshqaruvning nochorligi tufayli ishdan olindi va o’rniga Shangxayning sobiq hokimi Ying Yong tayinlandi.

 


Tanlangan kalimalar: Uxan , Xubey , koronavirus , Xitoy

Aloqador xabarlar